Qadrli Oʻzbekiston yigit va qizlari!
“Uzbekistan Airways” AJ yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash ustuvor vazifa boʻlgan davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlaydi.
Bugungi kunda “Uzbekistan Airways” AJda 800 dan ortiq yoshlar faoliyat yuritmoqda, ulardan 13 nafari rahbarlik lavozimlarida, 13 nafari esa yosh uchuvchilardir.
Sizga barcha boshlagan harakatlaringizda muvaffaqiyat, ijodiy gʻoyalarni ilgari surish va har doim o'z maqsadingizga erishishingizni tilaymiz!
Yoshlikning shijoati sizni umr boʻyi tark etmasin!
“Uzbekistan Airways” Axborot xizmati.
Uzbekistan Airways sizlarni Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etadi!
Share on social media