We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Qishki ta’til kunlarida talabalar uchun chegirmalar taqdim etilishi uzaytirilgani haqida

Share on social media

Avvalroq “Uzbekistan Airways” AJ respublika ichida amalga oshiriluvchi yoʻnalishlarda talabalar uchun chegirmalar amal qilish muddati 2022-yil 23-yanvarga qadar uzaytirilganini ma’lum qilgan edi.

2022-yil 8-yanvar holatiga koʻra, aviakompaniya 50% chegirmani hisobga olgan holda talabalarga 2 600 dan ortiq aviachiptalar sotuvini amalga oshirdi. 7-8 yanvar kunlari aviakompaniya faqatgina Uzbekistan Airways Sales filialida 427 ta imtiyozli chiptani qayta rasmiylashtirdi, hududlarda esa aviachiptalarni qayta rasmiylashtirish aviakompaniya agentlari va aeroport kassalarida amalga oshirilmoqdf. Eslatib oʻtamiz, 10.01.2022ga qadar chegirma asosida xarid qilingan aviachiptalar 23-yanvargacha mavjud reyslarga bepul qayta bron qilib beriladi.

Shuningdek, talabalarning respublika ichida harakatlanishiga boʻlgan talabi yuqoriligini hisobga olgan holda, Uzbekistan Airways 2022-yil 20-23-yanvar kunlari Urganch, Nukus, Buxoro, Fargʻona, Qarshi, Termiz va Andijondan Toshkentga qoʻshimcha qatnovlarni yoʻlga qoʻyadi.    

Aviachiptalarni qayta rasmiylashtirish haqida savollaringiz yoki shikoyatingiz boʻlsa, siz aviakompaniyaning kunu-tun faoliyat yuritadigan aloqa markaziga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin +998781402000.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

Download PDF