We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Ketring xizmati yil oxirigacha yo‘lovchilarga 2 million 960 mingdan ortiq bort taomini yetkazib berishni rejalashtirmoqda

Share on social media

2022-yil boshidan Uzbekistan Airways yo‘lovchilarga 2 million 453 ming 395 dona bort taomi yetkazib berilgan. Shulardan 2 476 992 tasi ekonom-klass, 210 174 tasi esa biznes-klass uchun, umumiy hisobda 10 594 aviaqatnovlarda taqdim etilgan. Bugungi kunda “Ketring” MCHJ boshqa aviakompaniyalarga ham bort taomini yetkazib beradi. Yil oxirigacha ketring xizmati 2 960 000 dan ortiq bortga taom yetkazib berishni rejalashtirmoqchi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining tarkibiy bo‘linmalaridan biri “Ketring” MCHJ joriy yilning avgust oyida ketring xizmati yangi bosh oshpazi Fotih Berber bilan birgalikda bort taomlarini konsepsiyasini yangiladi. Yangi konsepsiya birinchi bo‘lib avgust oyidan Toshkent-Seul, sentyabr oyidan esa Parij, Frankfurt, London va Milan yo‘nalishidagi aviaqatnovlarda o‘zgartirildi. Qolaversa, bosh oshpaz aviakompaniya elchisi Sevara Nazarxon bilan Toshkent-Dubay yo‘nalishida shaxsan o‘zi havo kemasi sahnida yangi menyu taqdimotini o‘tkazdi. Aviakompaniya boshqa yo‘nalishlarda ham bort taomnomasini yangilashda davom etmoqda.  

Uzbekistan Airways 1992-yilda tashkil etilgan aviakompaniya bo‘lib Amerika, Yevropa va Osiyo shaharlariga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi yetakchi aviakompaniyalardan biri hisoblanadi.

Download PDF