2023-yilning 26-martidan boshlab Uzbekistan Airways Toshkentdan London, Frankfurt va Riga shaharlariga parvoz qiluvchi aviaqatnovlar sonini oshirmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, sayyohlar oqimini ko‘paytirishdir.
26-martdan boshlab Toshkent – London – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar soni haftasiga 2 martadan 3 martagacha oshiriladi. Seshanba va juma kunlaridan tashqari, yakshanba kunlari ham parvozlar bajariladi.
Uzbekistan Airways 29-martdan boshlab esa Toshkent – Frankfurt – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar sonini haftasiga 3 martadan 4 martaga ko‘paytiradi. Bundan buyon Frankfurtga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar dushanba, chorshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, 29-martdan Toshkent – Riga – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlar soni haftasiga 3 martagacha oshirilmoqda. Yo‘lovchilar to'g'ridan-to'g'ri aviatashuvlarda dushanba, chorshanba va juma kunlari sayohat qilishlari mumkin.
Shu bilan birga, Uzbekistan Airways yozgi parvozlar jadvaliga o‘tishi munosabati bilan 28-martdan Toshkent – Milan – Toshkent, 31-martdan boshlab esa Toshkent – Parij – Toshkent yo‘nalishlarida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yayotganini ma’lum qiladi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti orqali 3% chegirma bilan, shuningdek, “UzAirways” mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.