Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways London, Frankfurt va Riga shaharlariga aviaqatnovlar sonini oshirmoqda

2023 15 Mart
378
Ulashing

2023-yilning 26-martidan boshlab Uzbekistan Airways Toshkentdan London, Frankfurt va Riga shaharlariga parvoz qiluvchi aviaqatnovlar sonini oshirmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, sayyohlar oqimini ko‘paytirishdir.

26-martdan boshlab Toshkent – ​​London – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar soni haftasiga 2 martadan 3 martagacha oshiriladi. Seshanba va juma kunlaridan tashqari, yakshanba kunlari ham parvozlar bajariladi.

Uzbekistan Airways 29-martdan boshlab esa Toshkent – Frankfurt – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar sonini haftasiga 3 martadan 4 martaga ko‘paytiradi. Bundan buyon Frankfurtga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar dushanba, chorshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, 29-martdan Toshkent – ​​Riga – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlar soni haftasiga 3 martagacha oshirilmoqda. Yo‘lovchilar to'g'ridan-to'g'ri aviatashuvlarda dushanba, chorshanba va juma kunlari sayohat qilishlari mumkin.

Shu bilan birga, Uzbekistan Airways yozgi parvozlar jadvaliga o‘tishi munosabati bilan 28-martdan Toshkent – Milan – Toshkent, 31-martdan boshlab esa Toshkent – Parij – Toshkent yo‘nalishlarida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yayotganini ma’lum qiladi. 

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti orqali 3% chegirma bilan, shuningdek, “UzAirways” mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.

PDF-ni yuklab oling