We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Uzbekistan Airways aviaqatnovi haqida rasmiy xabar

Share on social media

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining 2024-yil 15-avgust kuni HY553 Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan aviaqatnovida yo‘lovchilarning qimmatbaho buyumlarini o‘g‘irlashga urinish sodir bo‘ldi. Aviaqatnov Kuala-Lumpurga yetib kelgach, havo kemasi ekipaji tomonidan politsiya xizmati chaqirtirildi. Bortdagi yo‘lovchilarga huquqni muhofaza qilish organlarining chaqirtirilgani e’lon qilindi. Ekipaj huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan birgalikda havo kemasini ko‘zdan kechirish bo‘yicha tegishli protseduralarni amalga oshirdi, ushbu jarayonda esa barcha buyumlar topildi. Gumon qilingan chet el fuqarolari shu joyning o‘zida ushlangan va vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Malayziya poytaxti politsiya xizmatiga olib ketilgan.

Afsuski, shunga o‘xshash holatlar ko‘plab aviakompaniyalarning havo kemalarida sodir bo‘ladi. Uzbekistan Airways bunday hodisalarga qarshi qattiq kurashni qo‘llab-quvvatlaydi va ushbu yo‘nalishda huquqni muhofaza qilish organlari va belgilangan mamlakatlarning migratsiya xizmatlari bilan birgalikda ish olib bormoqda. Yo‘lovchilarni profayling qilish amaliyoti parvozdan oldin aeroportlarda amalga oshiriladi. Shubhali shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan, parvoz paytida ularni kuzatish uchun ekipajga taqdim etiladi.

Yo‘lovchilarimizga yana bir bor eslatib o‘tmoqchimizki, aviakompaniyalar yo‘lovchilarning qo‘l yuki uchun javobgar emas. Qimmatbaho buyumlar va pul mablag‘lari har doim o‘zingizda bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, buyumlaringizni havo kemasi saloniga qat’iy ravishda o‘rindig‘ingiz tepasida yoki oldingizdagi o‘rindiq ostida joylashtirish tavsiya etiladi.

Download PDF