17-mart kuni Transport vazirligida Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda “Transport va elektromobillik sohalariga gender yondashuvini joriy etish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda transport vazirligi va uning idoraviy mansub tashkilotlari, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan airports” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, “Toshshahartransxizmat” AJning xotin-qizlar va gender masalalari bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda mutaxassis ayollar, rahbar ayollar tayyorlash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi. Qolaversa, qizlarning transport sohasiga qiziqishi kun sayin ortib bormoqda. Aviakompaniyada ham rahbar ayollar talaygina, xususan, ularning to‘rt nafari Airbus A320 havo kemasining ayol uchuvchilari hisoblanadi.


Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirilib, iftorlik tashkil etildi.