Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Gender tenglikni ta’minlash va barqaror rivojlanish

2025 19 Mart
Ulashing

17-mart kuni Transport vazirligida Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda “Transport va elektromobillik sohalariga gender yondashuvini joriy etish” mavzusida seminar o‘tkazildi. 

Seminarda transport vazirligi va uning idoraviy mansub tashkilotlari, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan airports” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, “Toshshahartransxizmat” AJning xotin-qizlar va gender masalalari bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda mutaxassis ayollar, rahbar ayollar tayyorlash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi. Qolaversa, qizlarning transport sohasiga qiziqishi kun sayin ortib bormoqda. Aviakompaniyada ham rahbar ayollar talaygina, xususan, ularning to‘rt nafari Airbus A320 havo kemasining ayol uchuvchilari hisoblanadi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirilib, iftorlik tashkil etildi.

PDF-ni yuklab oling