Turkiya Sogʻliqni saqlash Vazirligi kirish talablarining amalga oshirilish muddatini oʻzgartirdi va 30-dekabrdan Turkiyaga tashrif buyurayotgan yoʻlovchilar uchun yangilangan talablarni eʼlon qildi.
Hurmatli yoʻlovchilar!
1. Turkiya Sogʻliqni saqlash Vazirligi chet eldan Turkiyaga tashrif buyurayotgan 6 va undan yuqori yoshdagi aviayoʻlovchilar 30-dekabrdan boshlab, COVID-19 uchun PZR SARS-COV-2 usuli bilan, Turkiya chegarasini kesib oʻtishdan kamida 72 soat oldin topshirilgan test natijalari maʼlumotnomasini majburiy ravishda taqdim etishlari lozimligini eʼlon qildi.
2. PZR SARS-COV-2ga manfiy natijali PZR-testni taqdim etmagan yoʻlovchilar, chegarani kesib oʻtishda koʻrsatilgan (uy, mehmonxona va boshqa) manzil boʻyicha 7 kunlik karantinga olinadi. Turkiyadagi yashash manzilini koʻrsatmagan shaxslar, Turkiya sogʻliqni saqlash Vazirligi tomonidan ajratilgan joylarga joylashtiriladi.
3. 7 kunlik karantindan soʻng SARS-COV-2ga PZR-testi musbat natija bergan yoʻlovchilar Turkiya Sogʻliqni saqlash Vazirligining COVID-19 amaldagi talablari asosida davolanadilar.
4. Mazkur choralar 2021-yilning 1-martiga qadar amal qilladi.