Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Turkiyaga tashrif buyuruvchi yoʻlovchilar uchun yangilangan talablar

2020 27 Dekabr
5291
Ulashing

Turkiya Sogʻliqni saqlash Vazirligi kirish talablarining amalga oshirilish muddatini oʻzgartirdi va 30-dekabrdan Turkiyaga tashrif buyurayotgan yoʻlovchilar uchun yangilangan talablarni eʼlon qildi.

Hurmatli yoʻlovchilar!

1. Turkiya Sogʻliqni saqlash Vazirligi chet eldan Turkiyaga tashrif buyurayotgan 6 va undan yuqori yoshdagi aviayoʻlovchilar 30-dekabrdan boshlab, COVID-19 uchun PZR SARS-COV-2 usuli bilan, Turkiya chegarasini kesib oʻtishdan  kamida 72 soat oldin topshirilgan test natijalari maʼlumotnomasini majburiy ravishda taqdim etishlari lozimligini eʼlon qildi.
 
2. PZR SARS-COV-2ga manfiy natijali PZR-testni taqdim etmagan yoʻlovchilar, chegarani kesib oʻtishda koʻrsatilgan (uy, mehmonxona va boshqa) manzil boʻyicha 7 kunlik karantinga olinadi. Turkiyadagi yashash manzilini koʻrsatmagan shaxslar,  Turkiya sogʻliqni saqlash Vazirligi tomonidan ajratilgan joylarga joylashtiriladi.

3. 7 kunlik karantindan soʻng  SARS-COV-2ga PZR-testi musbat natija bergan  yoʻlovchilar Turkiya Sogʻliqni saqlash Vazirligining COVID-19 amaldagi talablari asosida davolanadilar.

4. Mazkur choralar 2021-yilning 1-martiga qadar amal qilladi.

PDF-ni yuklab oling