В целях улучшения предоставляемых услуг мы используем cookies на сайте. Оставаясь на сайте, вы принимаете условия политики конфидециальности и использования персональных данных.

Размер шрифта
Размер интерфейса

Включить озвучание

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Расстояние между символами
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Межстрочный интервал

"Uzbekistan Airways" AJ Boshqaruv raisining 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tabrigi

Поделиться

Hurmatli hamyurtlar va aviaxodimlar!

Bugun mamlakatimiz bo'ylab tilimizga davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligi keng nishonlanmoqda. O'zbek tili davlat maqomiga ega bo'lgan 100 ta tildan biridir. Tilimizning o'z kuni, o'z bayrami bor. 2019 -yil 21-oktabr kuni davlatimiz rahbari "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonga imzo chekdi. Unga binoan, 21-oktabr - yurtimizda "O'zbek tili bayrami kuni" deb belgilandi.

Til har bir millatning eng qadrli boyligi, uning ma'naviy qiyofasi, madaniyati, ichki dunyosini aks ettiruvchi muhim vosita hisoblanadi. Til bilganni - el biladi deyishadi. Tilning davomiyligini, umrboqiyligini unda so'zlovchilarning milliy g'ururi, kuch-qudrati va rivoji belgilaydi.

O'ylaymanki, davlat tiliga, o'z tilimizga bo'lgan hurmat - Vatanga, onaga bo'lgan hurmatimizni bildiradi. Tilimiz bor - millatimiz bor. Uning kelajakda yanada yuksak mavqe va e'tibor qozonishi, boyishi, dunyo hamjamiyatida o'z o'rniga ega bo'lishi bizning istagimiz, g'ururimiz, qat'iyatimizga bog'liq.

Shunday ekan, o'qing, o'rganing va yuksak marralarni zabt eting.

O'zbek tili bayrami barchamizga muborak bo'lsin!

 

"Uzbekistan Airwas" AJ Boshqaruv raisi

Shuxrat Xudaykulov 

Скачать PDF