Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

“Uzbekistan Airways” AJ 2024-yil yakunlarini sarhisob qilib, aviakompaniya tashkil etilganining 33 yilligini nishonlamoqda

2025 28 Yanvar
Ulashing

“Uzbekistan Airways” AJ o‘zining 30 yildan ortiq tarixi davomida Markaziy Osiyoning yetakchi aviakompaniyalari orasida mustahkam o‘rin egalladi. Yuqori darajadagi xavfsizlik, ishonchlilik va xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish va yaxshilash bo‘yicha doimiy sa’y-harakatlar tufayli kompaniya yo‘lovchilar va hamkorlar orasida ishonch qozondi. Bu yil, oradan 33 yil o‘tib, “Uzbekistan Airways” millionlab yo‘lovchilar uchun ishonchli va qulay tashuvlarni ta’minlab, O‘zbekistonning faxri bo‘lib qolmoqda. 

 

Uzbekistan Airways 33 yilligini nishonlash munosabati bilan aviachiptalarga chegirmalar e’lon qildi. 2025-yil 28-yanvar kuni yo‘lovchilar barcha yo‘nalishlar bo‘yicha aviachiptalarni tariflardan 30% gacha chegirma bilan xarid qilishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, shu kuni parvozdagi barcha yo‘lovchilarga aviakompaniya nomidan esdalik sovg‘alari topshiriladi. 

Mamlakatning eng yirik aviatashuvchisi bo‘lgan Uzbekistan Airways O‘zbekistonni MDH va Markaziy Osiyo, Yaqin va Uzoq Sharq, Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari shaharlari kabi 99 dan ortiq yo‘nalishlar (shundan 8 tasi respublika ichidagi yo‘nalishlar) bilan bog‘lagan holda yo‘nalishlar tarmog‘ini faol rivojlantirmoqda.

2024 yilning asosiy ko‘rsatkichlari

  • 6 milliondan ortiq yo‘lovchi: Uzbekistan Airways yil davomida 6 007 151 yo‘lovchi tashuvini amalga oshirdi, bu kompaniya tarixida muhim bosqich bo‘ldi (2023-yilga kelib o‘sish sur’ati 119% ni tashkil etdi). Tashilgan yo‘lovchilar soni bo‘yicha yil boshida qabul qilingan barcha majburiyatlar bajarildi. 

  • 40 mingdan ortiq aviaqatnovlar: aviakompaniya 40 416 ta aviaqatnovni amalga oshirdi bu ishonchlilik va operatsion samaradorlikning yuqori darajasidan dalolat beradi (2023-yilga kelib o‘sish sur’ati 125% ni tashkil etdi).  

  • Yuk tashuvlari bo‘yicha: muntazam, charter va yuk tashuvchi aviaqatnovlarida 59 276 tonna yuk tashildi (2023-yilga kelib o‘sish sur’ati 122% ni tashkil etdi). 

  • Yo‘lovchi o‘rindiqlarining bandligi: 2024-yil yakunlariga ko‘ra, yo‘lovchi o‘rindiqlarining bandligi 83,1% ni tashkil etdi (2023-yilda – 81,1%). 

  • Havo kemalari parkini to‘ldirish: o‘z zimmasiga olgan vazifalarni bajarish uchun parvozlarni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish va yo‘lovchilarning havo transportiga bo‘lgan talabini qondirish bo‘yicha majburiyatlarni bajarish maqsadida Uzbekistan Airways havo kemalari parkini to‘ldirishni davom ettirdi. 2024-yilda aviakompaniyaning aviaparki yana 5 ta samolyotga ko‘paydi, ulardan A320neo – 2ta, ATR-72 – 2ta, LET-410 – 1ta. Bundan tashqari, 2 ta A-330 samolyotidan foydalanish bo‘yicha shartnoma 2025-yilda ham uzaytirildi. 

Yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish: 2024-yilda aviakompaniya yangi yo‘nalishlarni qo‘shib, yo‘nalishlar tarmog‘ini sezilarli darajada oshirdi:

 

  • Toshkentdan: Sanya, Fukuok, Maxachkala, Nijnevartovsk; Xanchjou, Xurgada, Nyachang, Goa; 

  • Nukusdan: Istanbul, Olmaota; 

  • Farg‘ona vodiysidan: Sankt-Peterburg;  

  • Toshkentdan: Rim, Mumbay va Lahor, Qarshi shahridan Sankt-Peterburgga parvozlar tiklandi. Mavjud mashhur yo‘nalishlarda parvozlar soni oshirildi. 

Uchuvchilarni tayyorlash maktabi: 2024-yilda O‘quv-mashg‘ulot markazi qoshidagi Uchuvchilar maktabining birinchi bitiruvchilari havo kemasini boshqarish huquqini beruvchi sertifikatlarni olishdi. Ularning barchasi hozirda Boeing 767 samolyotlarining ikkinchi uchuvchilari hisoblanadi. Texnika oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari uchuvchilik maktabiga kirib, uchuvchi kasbini egallashlari mumkin. 

Yubiley: 2024-yil noyabr oyida O‘zbekiston aviatsiya sanoatidagi yetakchi texnik markazlardan biri bo‘lgan Uzbekistan Airways Technics tashkil etilganining 100 yilligi nishonlandi. Yuz yillik faoliyati davomida kompaniya havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish sohasida yuqori darajadagi xavfsizlik va ishonchlilikni ta’minlagan holda o‘zini ishonchli hamkor sifatida ko‘rsatdi. Uzbekistan Airways Technics’ning o‘sish va rivojlanish bosqichlari mamlakat aviatsiyasi tarixining muhim qismiga aylandi va uning mutaxassislarining tajribasi va professionalligi mintaqada fuqaro aviatsiyasini rivojlantirishga hissa qo‘shishda davom etmoqda.

“Uzbekistan Airways” kelajagi  

Uzbekistan Airways o‘z aviaparkini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirishda davom etadi. Aviakompaniya yangi xavfsizlik texnologiyalari va standartlarini joriy etish, shuningdek, ichki va mintaqaviy tashuvlarni faol rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Barqaror o‘sish strategiyasi doirasida Uzbekistan Airways Markaziy Osiyoda aviatashuvlar bozorida yetakchilardan biriga aylanishga intilib, jahon aviatsiya sanoatidagi o‘rnini mustahkamlashga e’tibor qaratadi. 

“2024 yil Uzbekistan Airways uchun muhim yutuqlar yili bo‘ldi. Biz nafaqat aviatashuvlar hajmini oshirishga muvaffaq bo‘ldik, balki yo‘nalishlar tarmog‘imizni kengaytirib, havo kemalari parkini to‘ldirib, yo‘lovchilarimizga xizmat ko‘rsatishning yuqori sifati kafolati bo‘lgan yangi xizmatlarni joriy eta oldik. 2025-yil – yangi ufqlar va ulkan rejalar yili. Yo‘lovchilarimiz sayohatning har bir bosqichida o‘zlarini maksimal darajada qulay, xavfsiz va ishonch bilan his qilishlari uchun ishlashda davom etamiz.

2025-yilga mo‘ljallangan rejalarimiz yangi yo‘nalishlarni ochishni o‘z ichiga oladi – aprel oyida Madridga parvozlarni tiklaymiz. 

Dinamik ishbilarmonlik muhitida aviatsiya vizualizatsiyani reallik bilan bog‘laydigan va strategik maqsadlarni sezilarli yutuqlarga aylantiradigan o‘zakdir,” – dedi Boshqaruv raisi Shuxrat Xudaykulov.

 

33 yillik yubiley bilan tabriklaymiz va barcha yo‘lovchilarimiz, hamkorlarimiz va xodimlarimizga ishonch va qo‘llab-quvvatlovlari uchun minnatdorchilik bildiramiz! Oldinda yangi yutuqlar va yorqin lahzalar ko‘p. 

 

PDF-ni yuklab oling