Uzbekistan Airways Express qanday xizmat turlarini ko‘rsatadi?
Bagajni bepul tashish nazarda tutilgan aviachiptalar boʻyicha
Yuk tashish me‘yorlari*:
• Kattalar uchun – 23 kg dan oshmasligi kerak (158 sm);
• 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – 10 kg dan oshmasligi kerak (115 sm),
• Qo‘l yuki – 8 kg (115 sm).
Bagajni bepul tashish nazarda tutilmagan aviachiptalar boʻyicha
Qo‘l yuki – 8 kg (115 sm)
2 yoshdan katta boʻlgan bolalarga qoʻl yuki 5 kg. (115 sm.)
2 yoshgacha boʻlgan bolalarga qoʻl yukiga ruxsat berilmaydi.
Bortda taomlanish:
• 2 soatgacha bo‘lgan parvozlarda – suv;
• 2 soatdan ortiq parvozda – tovuq kotletli sendvich, salat bargi, sabzavotlar yoki qaynatilgan dudlangan tovuqli sendvich, salat bargi, sabzavotlar.
Joy tanlash xizmati:
• Parvozdan 48 soat kam bo‘lmagan muddatda taqdim etiladi.
Aviachiptani qaytarish:
Qayta bron qilish / qayta rasmiylashtirish / aviachiptani qaytarish holatlarida tarif qoidalariga muvofiq belgilangan yig‘im undiriladi.
Boshqa qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilmaydi.
*Bagaj tashish me'yori tarifga bog‘liq va aviachiptada ko‘rsatiladi.