Biznes klass

Parvoz vaqtida alohida salon va maxsus xizmat
Navbatdagi biznes uchrashuvi yoki ta’tilga otlandingizmi - Uzbekistan airwaysning biznes-klass sahnida, siz ajoyib sharoitda parvoz qilasiz. Uzbekistan airways sizga ishlashingiz yoki dam olishingiz uchun alohida joy taklif etadi. Ichimliklar, gazaklar va issiq ovqatlarning keng tanlovi.

Aperitivdan keyin qulay dam oling
Ko‘pchilik yo‘lovchilar uchun mazali issiq kechki taomdan rohatlanib, so‘ng uzoqroq uxlash - bu juda ajoyib. Shuning uchun, aperitiv xizmatdan keyin, biz asosiy taom bilan birga uyqu uchun kerakli bo‘lgan buyumlarni taqdim etamiz.

Qulay o‘rindiqlar
Uzbekistan airways Business-klass sizga o‘zingizni yaxshi dam olgandek his qilishingiz uchun sharoit yaratadi. Parvozdan oldin "Uzbekistan airways" biznes-zallarida dam oling, so‘ngra bortda birinchi darajali xizmatdan bahramand bo‘ling. Uzoq parvoz davomidagi dam olishingizni bizga ishonib topshiring.