Parvoz operatori “Uzbekistan Airways” AJ bo‘lgan “Uzbekistan ekspress” qatnovlariga tariflarni qo‘llashning quyidagi qoidalari amal qiladi.
Aviachipta - yo‘lovchi tashish xizmatini taqdim etish uchun yo‘lovchi va aviakompaniya o‘rtasidagi shartnoma hisoblanadi. Transport xarajatlarini dastlabki hisoblanishi oferta emas. Shartnoma tariflarni qo‘llashning amaldagi qoidalariga muvofiq va aviachipta rasmiylashtirilgandan so‘ng to‘liq qiymat to‘langanidan keyin tuzilgan hisoblanadi. "Uzbekistan Airways" AJ yo‘lovchiga aviachipta rasmiylashtirilguniga qadar tariflarni qo‘llash shartlariga o‘zgartirish kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Uchish kuponlari parvoz joyidan boshlab, aviachiptada ko‘rsatilgan qatnov yo‘nalishining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha parvozlar uchun amal qiladi.
Agar qayta rasmiylashtirish yoki qayta bron qilish tarifni qo‘llash shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa:
Bron klassini, tarif turini, yo‘nalishni, tashuvchini, aviachiptaning amal qilish muddatini o‘zgartirganda aviachiptani qayta rasmiylashtirish talab etiladi.
Uchib ketish sanasi yoki qatnov raqami o‘zgartirilganda, avvalgi tashish yo‘nalishi va tarif turi qolishi sharti bilan, qayta bronlash amalga oshiriladi.
Aviachiptani qayta rasmiylashtirish yoki qayta bron qilishda, yig‘im olinadi.
Qayta bron qilish va qayta bron qilish uchun yig‘im bitta darajada belgilanadi va tarif turiga bog‘liqdir. Yig‘im bir marta, yoki qayta rasmiylashtirish yoki qayta bron qilish uchun qo‘llaniladi. Qayta rasmiylashtirish yoki bron qilish uchun yig‘im, dastlab rasmiylashtirilgan aviachipta uchun tariflar qoidalariga muvofiq, ya’ni o‘zgartiriladigan tarif bo‘yicha olinadi.
Pasportni almashtirganda pasport ma’lumotlarida ismni o‘zgarganligi sababli aviachiptani qayta rasmiylashtirish uchun yig‘im 10 Yevroni tashkil etadi.
Bir aviachiptada bir nechta segmentni qayta rasmiylashtirishda tashuvda eng ko‘p cheklovli tarifga amal qiladigan qoidalar bo‘yicha qayta rasmiylashtirish yoki qayta bron qilish uchun yig‘im bir marta olinadi. Bitta segment o‘zgartirilishida, mazkur segment uchun tarifni qo‘llash qoidalari qo‘llaniladi.
Mahalliy yo‘nalishdagi tariflarni kam byudjetli xalqaro qatnovlar bilan birlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kam byudjetli qatnovlardan asosiy tashuvchining qatnovlariga aviachiptani bitta bagaji me’yor tarifi bo‘yicha, qo‘shimcha to‘lov bilan qayta rasmiylashtirish mumkin.
Qayta rasmiylashtirishda tashuvni qayta hisoblash, sayohat boshlangan joydan boshlab barcha yo‘nalish bo‘yicha yangi sharoitlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bunday holda, quyidagi hisoblash qoidalari qo‘llaniladi:
- to‘liq foydalanilmagan aviachiptani qayta rasmiylashtirishda, qayta hisoblash qayta rasmiylashtirish kuni amal qiluvchi tariflar, to‘lovlar, yig‘imlar va valyuta o‘tkazish kurslaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
- qisman foydalanilgan aviachiptani qayta rasmiylashtirishda qayta hisoblash tashuvni sotish sanada amal qiladigan tariflar, yig‘imlar va valyuta o‘tkazish kurslaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Dastlabki aviachiptaning o‘rniga yozib berilgan, har qanday to‘liq foydalanilmagan, qayta rasmiylashtirilgan aviachiptaning tashish uchun yaroqlilik muddati, tashish boshlanishining yangi sanasi asosida aniqlanishi lozim. Qisman foydalanilgan aviachiptani qayta rasmiylashtirishda yangi aviachiptaning amal qilish muddati dastlabki aviachiptada belgilangan tashishning boshlanish sanasidan boshlab hisoblanishi kerak.
Agar qayta rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan, tashish qisman amalga oshirilgan aviachiptada, yo‘lovchi aviachiptani qayta rasmiylashtirish uchun tashuvchiga murojaat qilgan mamlakat ichidagi mahalliy tashish uchun mo‘ljallangan parvoz kuponlari saqlanib qolgan bo‘lsa, bunday aviachipta keyinchalik xalqaro tashish uchun qayta rasmiylashtirilmaydi. Bunday holda, yo‘lovchi tomonidan xalqaro yo‘nalish bo‘yicha talb etilgan aviachipta, xalqaro tashishga yangi aviachipta sifatida qayta rasmiylashtirilishi kerak.
Bagajsiz va qaytarib berilmaydigan tariflar bo‘yicha xarid qilingan aviachiptalarni majburiy qayta bron qilish yoki qayta rasmiylashtirish uchun quyidagi shartlar amal qiladi:
- qatnov uchishidan oldin, qayta bron qilish/qayta rasmiylashtirish uchun belgilangan yig‘im olinadi;
- qatnov uchganidan so‘ng, qayta bron qilish/qayta rasmiylashtirish taqiqlanadi;
- qaytarib berilmaydigan va bagajsiz tariflar, qaytarish sharti va bagajni bepul o‘tkazish me’yorini ko‘zda tutuvchi tariflar bilan birlashtirilmaydi;
- bron qilish klassi (upgrade) oshirilgan taqdirda, faqat bagajni qaytarish va olib o‘tish bo‘yicha bir xil shartlarga ega bo‘lgan tariflargacha oshirishga ruxsat etiladi (ya’ni bron qilish klassini qaytarib berilmaydigan/bagajsiz tarifdan qaytariladigan/bagaj bilan yoki aksincha bo‘lgan tarifgacha).
Agar qaytarish tarifi qo‘llash shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa:
To‘liq yoki qisman foydalanilmagan aviachipta bo‘yicha summani qaytarish, qoidalarga muvofiq qaytarilmaydigan aviachiptalar bundan mustasno, tashuv sotilgan mamlakatda amalga oshiriladi.
Suumani qaytarish, tashuvning dastlabki to‘lovi valyutasida amalga oshiriladi. Yo‘lovchi aviachiptani dastlab xarid qilgan joyiga qaytolmasa, summani qaytarish yo‘lovchining, yuridik rasmiylashtirilgan ishonchnomasi mavjud bo‘lgan vakolatli shaxsiga, yoki mavjud sharoitlarga ko‘ra qaytarish mumkin bo‘lgan valutada, da’vo tartibida amalga oshiriladi.
Shuningdek, agar yo‘lovchi qatnovga ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, shu jumladan onlayn ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, lekin parvoz etish vaqtiga kelmasa, qatnovga kelmaganligi uchun yig‘im undiriladi.
Aviachiptaning parvoz uchun amal qilish muddati - 6 oy, qaytarish uchun - 1 yil:
* to‘liq foydalanilmagan aviachipta – tashuv sotilgan sanadan
* qisman foydalanilganda - dastlab rasmiylashtirilgan aviachiptada ko‘rsatilgan tashuv boshlangan sanadan.
Tashuv ixtiyoriy ravishda bekor qilingan taqdirda (qaytarilgan aviachiptalar uchun), tarif qoidalariga muvofiq, ixtiyoriy ravishda bekor qilinganlik uchun yig‘im olinadi.
Tashuvdan majburan voz kechilgan taqdirda (aviakompaniyaning aybi bilan), mablag‘larni qaytarishda (qaytariladigan tariflar bo‘yicha) hech qanday yig‘imlar olinmaydi.
Summani qaytarishning asosiy tamoillari quyidagi shartlardir:
agar to‘liq foydalanilmagan aviachipta summasini qaytarishda, yo‘lovchiga tashuv uchun to‘langan summa, qaytarish uchun jarima yig‘imlarni ushlab qolingan holda qaytariladi, agar bu kabi yig‘imlar tarifni qo‘llash qoidalarida belgilangan bo‘lsa.
Agar, qisman foydalanilgan aviachipta bo‘yicha qaytarish amalga oshirilsa, yo‘lovchiga tashuvning foydalanilmagan segmenti uchun summa, mazkur segmentda amalda bo‘lgan qaytarish uchun yig‘im ushlab qolingan holda, qaytariladi.
Bunday holda summani qaytarsh quyidagicha hisoblanadi: qo‘llanilgan tarifdan, barcha zarur jarima yig‘imlarini ushlab qolib, tashuvni sotish kunida amal qiluvchi, foydalanilgan yo‘nalishda bir tomonlama tarif chiqarib tashlanadi. Bir tomonga tarif e’lon qilinmagan bo‘lsa, tashuvni sotish kunida e’lon qilingan yuqori darajadagi bir tomonlama tarif qo‘llaniladi.
2021-yil bagajsiz va qaytarib berilmaydigan tariflar bo‘yicha xarid qilingan aviachiptalarni qaytarishda quyidagi shartlar amal qiladi:
- Faqat tashuvning foydalanilmagan qismlarida e’lon qilingan aeroport yig‘imlari qaytariladi.
Yo‘lovchi yoki uning birga uchayotgan yaqin qarindoshlari vafot etgan taqdirda, qo‘llaniladigan tarif turidan qat’i nazar, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda, jarima yig‘imlarisiz qaytarishga ruxsat etiladi.
Aviachiptalarni qayta bron qilish va qaytarish uchun jarimalar va yig‘imlar.