Mukofotlarni olish va imtiyozli statuslarni tasdiqlash uchun sovrinli ballarni hisoblash va ulardan foydalanish
Sovrinli ballarni to‘plash va ularning amal qilish muddati
Parvozlar uchun to‘planadigan sovrinli ballarning miqdori quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Yevroda to‘langan tarif *10
Bu yerda:
- To‘langan tarif – tashish uchun qo‘llaniladigan chegirmalarni hisobga olgan holda, butkul EURda to‘langan tarif. Agar aviachiptani to‘lash uchun qo‘llanilgan tarif EURdan farqli boshqa valyutada e’lon qilingan bo‘lsa, u holda bunday tarif miqdori avichipta sotib olingan kunning (PSS tizimida) amaldagi kursi bo‘yicha EUR da qayta hisoblanishi kerak.
- 10 - koeffitsientni oshirish.
Parvoz uchun berilgan mukofot ballari soni eng yaqin butun qiymatga yaxlitlanadi.
Xizmat ko‘rsatish klassini mukofot tariqasida oshirish uchun amalga oshirilgan parvoz bo‘yicha taqdim etiladigan sovrinli ballar, yuqori-banddagi formula bo‘yicha ishtirokchilar tomonidan butkul to‘langan tarif asosida hisoblanadi.
SPA kelishuviga muvofiq, rasmiylashtirilgan chiptalar uchun, unda AJ va interlayn- sherik segmentlari bo‘yicha transport xarajatlari yo‘nalishning alohida segmentlarida tashuv narxiga bo‘linmasdan yagona summada ko‘rsatilgan, mukofot ballari faqat AJ segmentlariga 0,5 pasayish koeffitsientini qo‘llagan holda beriladi.
Masalan: Moskva-Toshkent(HY)-Toshkent-Seul(OZ) yo‘nalishi uchun tarif summasi 383 Yevroni tashkil etadi. Ballar umumiy formula bo‘yicha 0,5 pasayish koeffitsiyentini qo‘llagan holda quyidagicha hisoblanadi: (383*10) *0,5 = 1915
AJ aviakompaniyasi marketing tashuvchisi hisoblangan AJga tegishli joylar blokidan kod-sher shartnomalari asosida parvozlar uchun rasmiylashtirilgan aviachiptalar uchun sovrinli ballar 0,05 koeffitsienti bilan hisoblanadi. (383*10) *0,05 = 191,5
Sovrinli ballar quyidagi holatlarda taqdim etilmaydi;
- Charter qatnovlar bo‘yicha rasmiylashtirilgan aviachiptalar;
- Tashishda foydalanilmagan aviachiptalar:
- Bepul aviachiptalar;
- To‘plangan sovrinli ballar hisobiga rasmiylashtirilgan mukofotli aviachipta.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri tashish uchun belgilangan tariflar bo‘yicha rasmiylashtirilgan aviachiptalar uchun sovrinli ballar, agar aviachipta bir tomonlama yo‘nalish uchun sotib olingan bo‘lsa, burilish nuqtasiga/yoki butun marshrutga yo‘lovchi birinchi segmentdan foydalanishi bilan darhol taqdim etiladi.
AJ aviakompaniyasi tashuvlarni amalga oshirish tijoratiy maqsadga muvofiq kelishini hisobga olgan holda, har bir yo‘nalishlar bo‘yicha sovrinli ballarini taqdim etish koeffitsientini oshirish yoki kamaytirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Hisobda to‘plangan sovrinli ballardan qatnovda parvoz amalga oshirilgan kundan boshlab 36 oy davomida foydalanish mumkin. Agar sovrinli ballardan amal qilish muddati davomida foydalanilmasa, u holda ular avtomatik ravishda bekor qilinadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazilmagan parvoz tiklangan holatlarda, sovrinli ballar parvoz amalga oshirilgan sana/yil bo‘yicha hisobga kiritiladi.
Dastur hamkorlari tomonidan o‘tkazilgan sovrinli ballar, shuningdek, ishtirokchisi tomonidan pul mablag‘lari bilan sotib olingan sovrinli ballar ishtirokchining mukofotli statusini belgilash uchun status ballarini hisoblashda hisobga olinmaydi.