Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalari

Ulashing

O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar
xavfsizligini nazorat qilish davlat
inspeksiyasi boshlig‘ining 2012-yil 
         27-dekabrdagi 14 n-son buyrug‘iga ilova

QOIDALARI

Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining  921-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda) muvofiq yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalarini belgilaydi.

I bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

  • Yo‘lovchi – havo transportida tashish shartnomasiga muvofiq havo kemasida tashilayotgan yoki tashilishi lozim bo‘lgan shaxs;
  • Havo kemasi ekipaji –havo kemasi komandiri, uchuvchilar tarkibiga kiruvchi boshqa shaxslar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar.

2. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining tashuvchilari tomonidan tashiladigan barcha yo‘lovchilar uchun majburiydir.

II bob. Yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turishi

3. Havo kemasi (bundan buyon matnda HK deb yuritiladi)  ichida yo‘lovchi quyidagilarni bajarishga majburdir:

  • Mazkur Qoidalarni, HK komandirining yoki ekipaj a’zosining  havo kemasi komandiri nomidan bergan parvoz va HK ichidagi odamlar xavfsizligini, mol-mulki but saqlanishini, tashish shartnomasini ijro etish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish tartibi va imkoniyatini ta’minlashga doir farmoyishlarini bajarishga;
  • HK sahnida uchish taloniga, shuningdek zarur bo‘lgan hollarda parvoz xavfsizligini ta’minlash maqsadida HK ekipaji a’zolarining ko‘rsatmasiga muvofiq joylashishga;
  • Yuklarini maxsus ajratilgan joylarga joylashtirishga;
  • “Kamarlarni taqish” tablosi yoqilishi bilan  xavfsizlik kamarini taqishga va u o‘chmaguncha yechmaslikka.

4. Yo‘lovchi HK ichida quyidagilarni amalga oshirishi taqiqlanadi:

  • Giyohvand moddalarni, tamaki mahsulotlarini (nosvoy va boshqalarni ham) iste’mol qilishi, shuningdek elektron sigaretlardan foydalanishi;
  • Tashuvchi tomonidan iste’mol qilish uchun taklif qilingan belgilangan me’yordan tashqari, shuningdek boj olinmaydigan savdo do‘konlaridan sotib olingan alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishi;
  • Uchuvchilar kabinasiga kirishi;
  • HK ekipaji a’zolarining xizmat vazifalarini bajarishlarida ularga to‘sqinlik qilishi yoki ularning ishlariga aralashishi;
  • HKning yurish, ko‘tarilish va qo‘nish vaqtida elektron va aloqa vositalaridan foydalanishi, jumladan XK bortida turib fotosuratga va video tasvirga olishi (4-bandning oltinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat kilish davlat inspektsiyasi boshlig'ining 2016 yil 8 yanvardagi 67-N-sonli buyrug'i (ruyxat raqami 2416-1, 12.01.2016 y.) taxririda - O'R KXT, 2016 y., 2-son, 17-modda);
  • HKning mol-mulkini (pledlar, yostiqlar, idish-tovoqlar, oshxona jihozlari, elektron vositalar, qutqarish nimchalari va boshqalarni) olib ketishi va shikastlashi;
  • Jamoat tartibini buzishi va zaruratsiz atrofdagilarni bezovta qilishi;
  • HK ekipaji a’zolarining tegishli ko‘rsatmalarisiz avariya-qutqaruv jihozlarini ishlatishi;
  • HK ekipaji a’zolarining ruxsati yoki ko‘rsatmalarisiz boshqa joylarga o‘tirishi.

5. HK ichidagi yurish-turish qoidalari yo‘lovchi tomonidan parvoz xavfsizligiga tahdid tug‘diradigan yoxud shaxslarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga va mol-mulkiga tahdid tug‘diradigan tarzda buzilsa, u bilan tuzilgan tashish shartnomasi tashuvchi tomonidan tashish yo‘nalishining istalgan manzilida bekor qilinishi mumkin.

III bob. Yo‘lovchining huquqlari

6. Yo‘lovchi HK ekipaji a’zolaridan tashish shartnomasi shartlarida belgilangan xizmatlarning ko‘rsatilishini talab qilishga haqlidir.

7. Yo‘lovchi jamoat tartibini buzayotgan, o‘zini yoki boshqa shaxslarni zaruriyatsiz bezovta qilayotgan hamda sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazayotgan, mol-mulkiga yoki sog‘lig‘iga yoxud hayotiga xavf tug‘dirayotgan yo‘lovchiga ta’sir ko‘rsatish talabi bilan HK ekipaji a’zolariga murojaat qilish, shuningdek xuddi shunday harakatlar qilayotgan HK ekipaji a’zolari ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.

Qonun hujjatlariga muvofiq yo‘lovchi boshqa huquqlarga ham egadir.

IV bob. Yakuniy qoidalar

8. Mazkur Qoidalar talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.