Tashuv bitimi shartlari
YO‘LOVCHI VA BAGAJ TASHISH SHARTNOMASINING ASOSIY SHARTLARI
1. ASOSIY QOIDALAR
1.1. Ushbu shartnoma bo‘yicha amalga oshiriladigan tashuvga (xalqaro, ichki yoki xalqaro tashuv doirasidagi ichki aviatashuv) quyidagi hujjatlar:
- Xalqaro havo transportida tashish bilan bog‘liq ayrim qoidalarni birxillashtirish haqida konvensiya (Varshava konvensiyasi, 1929);
- Gaaga bayonnomasi (Xalqaro havo transportida tashish bilan bog‘liq ayrim qoidalarni birxillashtirish haqida konvensiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma, 1955-y.);
- 1929-yil 12-oktyabrda Varshavada imzolangan va 1955-yil 28-sentabrda Gaagada tuzilgan bayonnoma bilan o‘zgartirilgan, xalqaro havo transportida tashish bilan bog‘liq ayrim qoidalarni birxillashtirish to‘grisidagi konvensiyani o‘zgartirish haqida 1975-yildagi 1 , 2 v a 4 - sonli Monreal bayonnomalari;
- Shartnoma bo‘yicha tashuvchi bo‘lmagan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan havo transportida xalqaro yuk tashish bilan bog‘liq ayrim qoidalarni birxillashtirish uchun 1929-yildagi Varshava konvensiyasiga qo‘shimcha konvensiya. Gvadalaxara 1961-y.;
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan qoidalar va javobgarlik cheklovlari qo‘llaniladi.
Tashuvchining javobgarligiga har qanday cheklovlar yoki istisnolar tashuvchining agentlari, ishchilari yoki vakillariga, shuningdek, havo kemalari tashuvchi tomonidan foydalanilgan har qanday shaxsga, bunday shaxsning agentlari, xodimlari yoki vakillariga nisbatan qo‘llaniladi.
1.2. Ushbu shartnoma bo‘yicha amalga oshiriladigan tashuv va tashuvchi ko‘rsatadigan xizmatlar, bu 1.1-bandda bayon etilganlarga zid bo‘lmagam darajada, tashuv va xizmatlar uchun to‘lanadigan tariflar qoidalariga, shuningdek tashuv shartlari hamda tashuvchi tomonidan belgilangan va ushbu shartnomaning bir qismi hisoblangan tashuvga oid qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
1.3. Ushbu tashish shartnomasining shartlari jadval bo‘yicha bajariladigan tashuvlarga kabi charter shartnomasi bo‘yicha bajariladigan tashuvlarga ham qo‘llaniladi, agar charter shartnomasi shartlarida boshqalar ko‘zda tutilgan bo‘lmasa.
1.4. Tashuv kodlardan birgalikda foydalaningan (code-share) qatnovlarda amalga oshirilganda, qatnovni amalga oshiruvchi aviakompaniya shartnomasining shartlari amal qiladi.
1.5. Tashuv bir nechta tashuvchi tomonidan amalga oshirilgan taqdirda, ularning har biri o‘z tashish shartnomasi qoidalari va shartlari, tariflarni qo‘llash qoidalari, shuningdek, ro‘yxatga olingan bagaj va qo‘l yukiga qo‘yiladigan talablarni qo‘llash huquqiga ega. Boshqa tashuvchining qatnovlarida tashish uchun chipta bergan tashuvchi faqat uning agenti sifatida harakat qiladi.
1.6. Bir nechta tashuvchilar tomonidan bitta chipta bo‘yicha amalga oshiriladigan tashuv yagona tashuv hisoblanadi.
1.7. Tashuvchi yo‘lovchiga jadvalda rejalashtirilgan va rejadan tashqari o‘zgarishlar to‘g‘risida xabar berishi uchun yo‘lovchilar joyni bron qilish va aviachiptani rasmiylashtirishda o‘z aloqa ma’lumotlarini:
− aloqa uchun telefon raqami (shu jumladan yo‘lovchining sayohati davomida bog‘lanish uchun, yo‘lovchida doimo kirish imkoni bolgan elektron pochta manzili *) taqdim etishi shart.
Yo‘lovchi aloqa ma’lumotlarini taqdim etishdan bosh tortsa va yo‘lovchini jadvaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qilish zarurati tug‘ilsa, bortga joylashtirish yoki manzilga yetib kelish kechiktirilgan taqdirda, pul kompensatsiyasini to‘lash uchun Tashuvchining javobgarligi bo‘lmasligi mumkin.
* Elektron pochta manzili majburiy element emas, u yo‘lovchining istak va ga binoan kiritiladi.
− maxsus toifadagi yo‘lovchilarga (yosh bolali yo‘lovchilar, hamrohlarsiz bolalar, jismoniy yoki ruhiy nogiron yo‘lovchilar, kasal yo‘lovchilar, harakatlanish qobiliyati cheklangan yo‘lovchilar va boshqalar) talab qiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yo‘lovchiga kerakli yordam ko‘rsatilishi uchun bron qilish va ro‘yxatdan o‘tish tizimida ko‘rsatilishi kerak.
1.8. Tashuvchi yo‘lovchi tomonidan shaxsiy ma’lumotlar taqdim etilgan taqdirdagina tashuvga bron qiladi va aviachiptalarni sotadi va bunday taqdim etilgan ma’lumotlarni oshkor qilmaslikni va ularni qayta ishlash va saqlash uchun belgilangan barcha qonuniy talablarni bajarishni o‘z zimmasiga oladi. Yo‘lovchi o‘z shaxsiy ma’lumotlarini yo‘lovchilarni bron qilish va ro‘yxatga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga, boshqa avtomatlashtirilgan tizimlarga kiritish, shuningdek Tashuvchi yo‘lovchining shaxsiy ma’lumotlarini, shu jumladan o‘rindiqni bron qilish va qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish, chiptani va boshqa to‘lov hujjatlarini rasmiylashtirish, tashish shartnomasining shartlarini o‘zgartirish, tashuvni bekor qilish, kerak bo‘lganda, yo‘lovchining shaxsiy ma’lumotlarini faqat vakolatli davlat organlariga va ularning iltimosiga binoan amaldagi qonun talablariga muvofiq taqdim etishi (jumladan, bunday shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etish transchegaraviy taqdim etishni ifodalasa) mumkinligiga rozilik beradi.
Ushbu shartlar sharoitida yo‘lovchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash deganda tashuvchi tomonidan tashish shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish doirasida, shuningdek, yo‘lovchiga Tashuvchining xizmatlariga nisbatan shaxsiylashtirilgan takliflarni tayyorlash, shu jumladan shu jumladan shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish, ro‘yxatga olish, tizimlashtirish, to‘plash, saqlash, yangilash, o‘zgartirish, chiqarish, foydalanish, uzatish, shaxssizlashtirish, blokirovka qilish, o‘chirish, yo‘q qilish maqsadida qilingan har qanday harakat yoki harakatlar majmui tushuniladi.
Yo‘lovchining shaxsiy ma’lumotlari rasmiy (yuridik) vazifasini bajarish majburiyatiga muvofiq taqdim etilgan davlat organlari, agar ular jamoat manfaati uchun aniq tergov uchun zarur bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni olsalar, qabul qiluvchilar hisoblanmasligi kerak.
1.9. Elektron va qog‘ozda chiqarilgan aviachiptalar yo‘lovchi va tashuvchi o‘rtasida shartnoma tuzilganidan dalolat beradi. Chipta sotib olib, yolovchi ushbu shartnoma shartlariga roziligini tasdiqlaydi.
1.10. Chipta unda ko‘rsatilgan qatnov va sana uchun amal qiladi va u faqat nomiga rasmiylashtirilgan shaxs uchun amal qiladi.
1.11. Chiptaning amal qilish muddati - u chiqarilgan kundan boshlab bir yil, agar uni tashish uchun to‘lanadigan tariflarda yoki Tashuvchining boshqa qoidalarida boshqa qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa.
1.12. Chiptada tashuvchining nomi qisqartirilib ko‘rsatilishi mumkin. To‘liq nomi va uning qisqartmasi tarif ma’lumotlarida, tashish shartlarida, tegishli Tashuvchining qoidalari va jadvallarida keltirilgan. Chiptada Tashuvchining birinchi qisqartirilgan nomi qarshisida ko‘rsatilgan jo‘nab ketish aeroporti Tashuvchining manzili bo‘lishi kerak.
1.13. Kelishilgan to‘xtash joylari – yo‘lovchiga berilgan chiptada ko‘rsatilgan yoki tashuvchining jadvalida yo‘nalishda to‘xtash joylari sifatida ko‘rsatilgan nuqtalar hisoblanadi.
1.14. Tashuvchi yo‘lovchi va bagajni yo‘lovchi uchun oqilona va maqbul muddatda tashish uchun barcha choralarni ko‘rishga majburdir. Tashuvchi yo‘lovchiga boshqa samolyotda, boshqa tashuvchining parvozida va/yoki boshqa transport turida parvozni taklif qilishi mumkin.
Jadvalda va boshqa hujjatlarda ko‘rsatilgan vaqtlar kafolatlanmagan va bu shartnomaning bir qismi emas. Tashuvchi chiptada ko‘rsatilgan parvozni bekor qilish yoki kechiktirishga, samolyot turini o‘zgartirishga, transport yo‘nalishini o‘zgartirishga, shu jumladan chiptada ko‘rsatilgan nuqtalarda qo‘nishni o‘zgartirishga yoki bekor qilishga haqli, agar bu parvozlar xavfsizligi va/yoki aviatsiya xavfsizligi shartlari bilan, shuningdek davlat organlarining talabiga binoan talab qilinsa.
1.15. Agar samolyotlarning parvoz jadvali o‘zgargan bo‘lsa, tashuvchi havo tarnsportida tashish shartnomasi tuzilgan yo‘lovchilarga har qanday usulda xabar berish uchun o‘z nazorati ostidagi barcha choralarni ko‘radi. Tashuvchi yo‘lovchi o‘z aloqa ma’lumotlarini (telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar) tashuv xizmatini bron qilishda taqdim etmagan taqdirda yoki tashuvchi taqdim etilgan kontaktlar yordamida har biriga kamida ikki marta murojaat qilgan holda yo‘lovchi bilan bog‘lana olmasa, shu jumladan yo‘lovchi o‘z safari davomida noto‘g‘ri yoki mavjud bo‘lmagan aloqa ma’lumotlarini taqdim etganligi sababli, qatnovlar jadvali, jo‘nab ketish/qo‘nish aeroportining o‘zgartirilishi, qatnovning bekor qilinishi yoki bosha turdagi o‘zgarishlar haqida ogohlantirmaganligi uchun javobgar emas.
1.16. Agar yo‘lovchini tashish uchun ulanish nuqtasidan boshlangan yo‘nalishda alohida aviachipta rasmiylashtirilgan bo‘lsa, Tashuvchi yo‘lovchining tutash qatnov bortida joylashish imkoniyatini yo‘qotishi uchun javobgar emas
1.17. Yo‘lovchi jo‘nash, borish va tranzit davlatlari davlat organlarining transportga oid barcha talablarini bajarishi, kirish, chiqish va boshqa tegishli hujjatlari (pasport, boshqa yuridik shaxs guvohnomasi, vizalar, tibbiy ma’lumotnomalar va boshqalar) bo‘lishi shart va aeroportga tashuvchi tomonidan belgilangan vaqtda kelishi kerak hamda tashuvchi tomonidan belgilangan vaqtda barcha parvoz oldi rasmiyatchiliklardan o‘tish uchun yetarli vaqtga aeroportga yetib kelishi kerak.
1.18. Yo‘lovchi ro‘yxatdan o‘tish paytida barcha bagaj va qo‘l yuklarni hamda o‘zi bilan olib ketayotgan narsalarni taqdim etishi shart. Yo‘lovchi ro‘yxatga olingan bagaj to‘lanadigan tarif uchun belgilangan bepul bagaj meyoridan oshsa va/yoki maxsus toifadagi pullik bagajni tashishda bunday yuk uchun tashuvchi tomonidan belgilangan tarif bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishi shart. Agar qo‘l yuki og‘irligi yoki umumiy o‘lchami boyicha me’yordan oshib ketgan tashuvchi tomonidan qo‘l yukini tashish bo‘yicha belgilangan qoidalarga mos kelmasa, yo‘lovchi uni belgilangan tartibda, «Uzbekistan airways» AJ qoidalarida nazarda tutilgan shartlarda ro‘yxatga olingan bagaj sifatida tashuv uchun topshirishi shart. Samolyot yo‘lovchisi o‘z pullik bagajini (shu jumladan tashuvchining talabiga binoan ro‘yxatga olingan bagaj sifatida topshirilishi lozim bo‘lgan qo‘l yukini) tashish uchun to‘lovni amalga oshirishdan bosh tortgan taqdirda, tashuvchi havo transportida tashish shartnomasini bekor qilishga haqli.
1.19. Yo‘lovchi boshqa yo‘lovchilar, uchinchi shaxslar, shuningdek, «Uzbekistan airways» AJ oldida samolyot salonida olib ketilayotgan bagaj va qo‘l yukining noto‘g‘ri qadoqlanganligi bilan bog‘liq harakatlari tufayli ularning mol-mulki, hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazgan taqdirda, shuningdek, bagajda va qo‘l yukida havo transporti orqali tashish uchun taqiqlangan yoki cheklangan narsalar va moddalarni tashish uchun javobgar bo‘ladi.
1.20. Ro‘yxatga olingan bagaj faqat bagaj yorlig‘ini taqdim etgan shaxsga beriladi. Agar raqamlangan bagaj yorlig‘ining yirtib olinadigan talonini taqdim etishning imkoni bo‘lmasa, bagaj faqat yo‘lovchiga u bu yukga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan taqdirdagina berilishi mumkin.
1.21. Tashuvchining tashabbusi bilan yo‘lovchilar va bagajni tashish shartnomasi tashuv yo‘nalishining istalgan nuqtasida quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
− agar yo‘lovchining yonida hududidan va hududi orqali va hududiga tashuv amalga oshiriladigan mamlakatlarning davlat qonunchiligi va qoidalariga muvofiq talab etiladigan, tegishli amal qilish muddati va rasmiylashtirilgan hujjatlar (pasport, boshqa yo‘l hujjatlari, vizalar va boshqalar) bo‘lmasa, dan;
− yo‘lovchi tomonidan jo‘nab ketish, boradigan va tranzit mamlakat qonunchiligida belgilangan havo tashish bilan bog‘liq bojxona, chegara, sanitariya-karantin va boshqa talablarni buzilishi;
− agar yo‘lovchining sog‘lig‘i havo tashish uchun maxsus sharoitlarni talab qilsa, yo‘lovchining yoki boshqa shaxslarning xavfsizligiga tahdid solsa, bu tibbiy hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lsa, shuningdek tashish shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan samolyot bortida tartibsizliklarni keltirib chiqarsa va tashuvchiga boshqa yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishga ruxsat bermasa,;
− yo‘lovchi spirtli ichimliklar yoki giyohvand moddalar ta’sirida mast bo‘lganida, uning ruhiy va/yoki jismoniy holati, tashuvchidan alohida yordam talab qiladigan, tartibsizlik keltirib chiqaradigan, boshqa yo‘lovchilarga katta noqulaylik tug‘diradigan, yo‘lovchining o‘ziga, boshqa shaxslarga va/yoki ularning mulkiga xavf yoki tahdid tug‘diradigan holatda bo‘lganda;
− yo‘lovchining ro‘yxatdan o‘tish va/yoki HK sahniga chiqish vaqtidan kechikishi;
− yo‘lovchining aviatsiya xavfsizligi talablarini bajarish uchun parvoz oldi tekshiruvidan o‘tishdan bosh tortishi;
− yo‘lovchining parvoz xavfsizligiga tahdid soladigan yoki havo kemasi sahnidagi odamlar hayoti yoki sog‘lig‘iga va mulkiga tahdid soladigan harakatlari bilan HK sahnida o‘zini tutish qoidalarini buzishi;
− yo‘lovchining havoda tashish qoidalari bilan belgilangan talablarni bajarishdan bosh tortishi.
1.22. Yo‘lovchi, shartnoma amal qilish muddati mobaynida istalgan vaqtda – yo‘lovchiga joy bron qilingan havo kemasi jo‘nashidan oldin, marshrutdagi punktlardan birida havo tashish shartnomasini bekor qilishga va butun summani yoki tashuvchining tarif qoidalarida belgilangan tartibda tashish uchun to‘langan summaning bir qismini olishga haqli. Parvoz ixtiyoriy ravishda bekor qilingan taqdirda, yo‘lovchidan jarima yig‘imi (neustoyka) undirilishi mumkin, uning miqdori tashish uchun to‘lanadigan tarif shartlariga bog‘liq.
1.23. Agar yo‘lovchi tashish marshrutining biron bir qismida o‘zi uchun ajratilgan o‘rindiqdan foydalana olmasa, u bu haqda vakolatli agenti bilan bog‘lanib Tashuvchini xabardor qilishi shart. Agar yo‘lovchi buni qilmagan bo‘lsa, u uchun bron qilingan o‘rindiqdan foydalanmagan parvoz uchgandan so‘ng, transport yo‘nalishining keyingi barcha bo‘limlari yo‘lovchini ogohlantirmasdan bron qilish tizimi tomonidan avtomatik ravishda bekor qilinadi.
1.24. Summani qaytarish chiptani sotib olingan paytdan boshlab, agar tashish marshrutning biron bir uchastkasida bajarilmagan bo‘lsa, yoki tashuvning birinchi bosqichida jo‘nab ketgan kundan boshlab bir yil mobaynida, agar tariflarni qo‘llash qoidalarida va Tashuvchining boshqa qoidalarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, bir yil ichida amalga oshiriladi.
1.25. Pul mablag‘lari yuk tashish uchun to‘lovni amalga oshirgan shaxsga qaytariladi, agar bunday shaxs boshqacha buyruq bermagan bo‘lsa. Yo‘lovchi yuridik shaxs yoki homiy tomonidan to‘lov amalga oshirilgan aviatashuvdan bosh tortsa, pul mablag‘lari faqat shu yuridik shaxs yoki homiyga qaytariladi.
1.26. Agar yo‘lovchining belgilangan mamlakatga kirishiga ruxsat berilmasa, u tashuvchi tomonidan sarflangan barcha harajatlar uchun javobgar bo‘ladi. Tashuvchi yo‘lovchidan bunday barcha xarajatlarni undirish huquqiga ega.
1.27. Agentlar, xizmatchilar yoki tashuvchi vakillarining hech biri ushbu shartnoma qoidalarini o‘zgartirish yoki bekor qilishga haqli emas.
2. YOLOVCHILAR UCHUN MUHIM XABARLAR
2.1. Davlat soliqlari va bojlari to‘g‘risida
Chipta narxi davlat ma’muriy organlari va aeroportlar tomonidan tashuvchilarga qo‘llaniladigan soliqlar, bojlar va yig‘imlarni o‘z ichiga olishi. Chipta narxining katta qismini tashkil etishi mumkin bo‘lgan usbu soliqlar va yig‘imlar chiptadagi maxsus ajratilgan joyda (TAX ustuni) alohida ko‘rsatilishi. Yo‘lovchidan chiptani sotib olishda to‘lanmagan soliq yoki bojni to‘lashi talab qilinishi mumkin.
2.2. Tashuvchi javobgarligi cheklanganligi to‘g‘risida
“Uzbekistan Airways” AJ qatnovlarida tashish uchun Varshava konventsiyasi, 1956-yildagi Gaaga va 1975-yildagi Monreal bayonnomalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksi bilan belgilangan quyidagi javobgarlik chegaralari (doirasi) qo‘llaniladi:
- yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilishiga nisbatan 16 600 ta Maxsus o‘zlashtirilgan huquqlar (MO‘H). Istisno AQShga/dan tashuvlarga yoki AQShda kelishilgan to‘xtash punkti bo‘lgan tashuvlarga nisbatan qo‘llaniladi, bu erda AQSh qonunchiligiga muvofiq, belgilangan javobgarlik doirasi 75 000 AQSh dollaridan kam bo‘lishi mumkin emas. Bunday javobgarlik doirasi sud xarajatlari va chiqimlarni o‘z ichiga oladi, da’vo qilinayotgan mamlakat qonunchiligiga muvofiq alohida to‘lanadigan xarajatlar va chiqimlar bundan mustasno. Bu holda, javobgarlik doirasi, sud xarajatlari va chiqimlarni mustasno qilgan holda, 58000 dollarni tashkil etadi;
- yo‘qotilgan, shikastlangan yoki kechiktirilgan ro‘yxatga olingan bagajning 1 kilogrammi uchun 17 ta Maxsus o‘zlashtirilgan huquqlar hamda ro‘yxatga olinmagan bagajga (qo‘l yuki) nisbatan 332 ta Maxsus o‘zlashtirilgan huquqlar;
- yo‘lovchi, ko‘rsatilgan javobgarlik doirasidan qat’i nazar, qatnovga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida, o‘z bagaji qiymatini e’lon qilgan va qo‘shimcha yig‘imni to‘lagan holda, bagaj yo‘qolgani, shikastlangani yoki kechiktirilganligi uchun, Tashuvchining javobgarlik doirasini oshirishi mumkin;
- tashuvchi ro‘yxatga olingan bagajda tashilayotgan mo‘rt, qimmatbaho yoki tez buziladigan buyumlar uchun o‘z javobgarligini cheklashi mumkin. Yo‘lovchi pul, qimmatbaho buyumlar va hujjatlarni bagajga topshirmasdan o‘zi bilan olib ketishi kerak.
Tashuvchi, shuningdek, bortda joy taqdim etish rad etilgan yoki tashuvchining harakatlari yoki harakatsizligi tufayli uchishning kechikishi holatlarida tasdiqlangan bron va rasmiylashtirilgan chiptaga ega bo‘lgan yo‘lovchilarga kompensatsiyalarni to‘lash va kompensatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun mas‘uldir.
Agar tashuv bir necha Tashuvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, ularning har biridan javobgarlik doirasi bo‘yicha ma’lumot olish tavsiya etiladi, chunki tashuvda qatnashayotgan boshqa Tashuvchilarga nisbatan “Uzbekistan airways” AJ qatnovlarida belgilangan javobgarlik dorasidan farq qiluvchi boshqa javobgarlik doralari qo‘llanishi mumkin.
Javobgarlik doiralari va shartlari haqida batafsil ma’lumotni har bir Tashuvchidan, uning vakolatli agentlari va vakillaridan, shuningdek uning rasmiy veb-saytlaridan olish mumkin.
2.3. Tarif qoidalari to‘grisida
Uchish sanasini Aviachipta sotib olishda yoki tashish shartlariga yo‘lovchi tomonidan o‘zgartirishlar (qatnov, xizmat ko‘rsatish klassi, uchish vaqti va boshq.) kiritilganda aviachiptalarni sotish bo‘yicha agentdan, call-markazdan yoki aviakompaniya rasmiy vebsaytidan aviachiptaga to‘lov uchun qo‘llangan tarif shartlari haqida to‘liq ma’lumot olish lozim, chunki maxsus tariflarni qo‘llash qoidalarida tashish shartnomasini bajarishda quyidagi kabi turli cheklovlar ko‘zda tutilgan:
- o‘zgartirishni taqiqlash yoki cheklash;
- uchish sanasini o‘zgartirish uchun yig‘imlar undirish;
- yuqori tarifgacha qo‘shimcha to‘lovni amalga oshirgan holda uchish sanasini o‘zgartirishga ruxsat;
- tashuv uchun to‘langan summani qaytarishda jarima to‘lovlarini undirish yoki yo‘lovchi ixtiyoriy ravishda aviachiptani qaytib topshirhan taqdirda faqat tashuvchi foydasiga bo'lmagan yo'lovchi to‘lagan summani qaytarish (masalan, aeroport yig‘imlari);
- tekshirilgan bagajga bepul ruxsat berishni cheklash;
- ro‘yxatga olingan bagajni bepul tashish me’yorlarini cheklash;
- 24 soatdan ortiq davom etadigan marshrutda ruxsat etilgan oraliq to‘xtashlar sonini cheklash va bunday to‘xtashlar uchun qo‘shimcha to‘lovni talab qilish;
- belgilangan manzilda qolishning minimal va maksimal davomiyligini belgilash;
- aviakompaniya chiptalarni ma’lum bir maxsus tarif bo‘yicha sotishi mumkin bo‘lgan o‘rindiqlar sonini cheklash;
- yo‘lovchilar tashish shartnomasini bajarish bilan bog‘liq ba’zi qo‘shimcha xizmatlarni faqat qo‘shimcha to‘lov amalga oshirilgan holda ko‘rsatish;
- tashuvchiga tashuv xizmatlari bilan bog‘liq xarajatlarni qisqartirish va maxsus tariflarni pastroq darajaga belgilashga imkon beradigan boshqa cheklovlar.
2.4. Bortga joylashtirishdan bosh tortish
Qatnov bajarayotgan havo kemasi rusumini almashtirish, jadvalni o‘zgartirish, shuningdek aviakompaniya yo‘lovchilarni parvozga kelmaslik xavfini kamaytirish choralarini qo‘llaganida, qatnovga tasdiqlangan bron bilan aviachiptalari bo‘lgan hamma yo‘lovchilarni qabul qilish imkoni bo‘lmasligi ehtimoli bo‘ladi. Yo‘lovchilardan biriga samolyotda joy berishni rad etishdan oldin, Tashuvchi o‘z xohishi bilan ushbu qatnovda uchishni rad etishga tayyor bo‘lgan yo‘lovchilar bilan bog‘lanib, boshqa eng yaqin qatnovda uchishni, yetkazilgan noqulayliklar uchun kompensatsiya va bonuslar berishni, kerak bo‘lganda kechikish vaqtida mehmonxonada joylashtirishni taklif qiladi. Ko‘ngillilar bo‘lmagan taqdirda, yo‘lovchilarni kechiktirish to‘g‘risidagi qarorni Tashuvchining o‘zi qabul qiladi va bortga joylashtirish rad etilgan yo‘lovchilarga pul kompensatsiyasi yoki uning o‘rnini bosuvchi xizmatlar taqdim etiladi, shuningdek, kerak bo‘lganda ular ovqat va mehmonxona bilan ta’minlanadi.
2.5. Ro‘yxatga olingan bagaj
Bagaj ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan chiptaning marshrutida ko‘rsatilgan manzil yoki to‘xtash punktlariga yagona tashuv uchun ro‘yxatga olinadi. Bagajning miqdori, vazni va gabaritlari bo‘yicha me’yorlar xizmat ko‘rsatish klassi, tashuv marshruti va tashuv uchun qo‘llanilgan tariflar shartlariga qarab farq qiladi.
Tashuvchi ro‘yxatga olingan bagajni belgilangan bepul tashish doirasida tashish uchun qabul qiladi. Belgilangan bepul tashish me‘yoridan oshib ketadigan bagaj, bunday bagaj uchun to‘lovga belgilangan qo‘shimcha yig‘imlar to‘langan hamda havo kemasi bagaj-yuk bo‘lmalarida bo‘sh joy bo‘lgan taqdirda, tashishga qabul qilinadi.
2.6. Qo‘l yuki
Yo‘lovchi o‘z javobgarligi ostida qo‘l yukini samolyot saloniga olib kirishi mumkin. Bunday qo‘l yukining og‘irligi ekonom klass yo‘lovchilari uchun 8 kg va biznes klass yo‘lovchilari uchun 10 kg dan oshmasligi kerak. Yo'lovchi o'z javobgarligi bilan qo'l yukini samolyot saloniga olib kirishi mumkin. Qo'l yuki bo'laklarining og'irligi quyidagilardan oshmasligi kerak:
- Mail line l reyslarda ekonom klass yo'lovchilari uchun 8 kg va biznes klass yo'lovchilari uchun 10 kg;
- Low cost reyslarda ekonom-klass yo'lovchilari uchun 8 kg.
Qo‘l yukining uch tomonlama o‘lchov yig‘indisining maksimal hajmi - 115 sm dan oshmasligi kerak.
Yo‘lovchi o‘zi bilan birga havo kemasi salonida belgilangan qo‘l yukini tashish me’yoridan ortiq bo‘lgan, parvoz vaqtida unga zarur bo‘lgan quyidagi buyumlarni olib ketishi mumkin:
- ayollar sumkasi, erkaklar portfeli yoki hujjatlar uchun papka;
- parvoz vaqtida o‘qish uchun bosma nashrlar;
- bolalar ovqatlari va bolalar sayohat beshigi;
- soyabon yoki hassa;
- palto, plash yoki boshqa tashqi kiyim;
- pled;
- guldasta;
- harakatlanadigan nogironlar aravachasi va harakatlanish uchun boshqa asboblar, agar ular safar davomida harakatlanishi cheklangan yo‘lovchiga kerak bo‘lsa;
- og‘irligi 5 kg dan va uch tomonlama o‘lchami 115 sm dan oshmaydigan Duty-free do‘konidan xarid qilingan buyumlar solingan bitta sumka.
2.7. Shikoyat va da’vo arizalarini berish muddatlari to‘grisida xabarlar
Mahalliy tashuvlarda Tashuvchiga nisbatan yozma da’volar olti oy ichida berilishi mumkin. Ushbu muddat quyidagicha belgilanadi:
- bagajning kamomadi yoki shikastlanishi hamda uni yetkazib berishdagi kechikish uchun kompensatsiya talabi to‘g‘risidagi da’volar - bagaj topshirilgan kundan boshlab;
- bagaj yo‘qolgani uchun kompensatsiya talabi to‘g‘risidagi da’volar – bagaj belgilangan joyga etib kelishi kerak bo'lgan kundan boshlab;
- qolgan barcha hollarda – da’vo qilish uchun asos bo‘lgan hodisa yuz bergan kundan boshlab.
Xalqaro tashuvlarda Tashuvchiga nisbatan yozma da’volar quyidagi hollarda taqdim etilishi mumkin:
- olingan bagaj shikastlangan yoki unda kamomad bo‘lgan taqdirda - darhol, lekin shikastlanish yoki kamomad aniqlanganda bagaj qabul qilingan kundan boshlab 7 kundan kechiktirmay;
- yetkazib berishda kechikishlar bo‘lgan taqdirda - oluvchining ixtiyoriga bagajni topshirish kunidan boshlab 21 kundan kechikmay;
- bagaj yo‘qolganda – havo kemasining belgilangan manzilga yetib kelgan kundan yoki tashish tugagan kundan boshlab ikki yil davomida.
Belgilangan muddatda bayon qilingan yozma da’vo bo‘lmasa, tashuvchiga da’vo ko‘rsatilmaydi.
Tashuvchiga havo tashishdan kelib chiqadigan da’volar havo kemasi belgilangan joyga yetib kelganidan ikki yildan kech bo‘lmaganda yoki havo kemasi kelishi kerak bo‘lgan kundan boshlab, yohud tashish to‘xtatilgan kundan boshlab va da’vogar tanloviga ko‘ra: tashuvchi joylashgan, transport shartnomasi tuziladigan tegishli agentlikka ega bo‘lgan joyda, tayinlangan joyning tegishli havo kemasida berilishi kerak.
Tashuvchi quyidagi hollarda yo‘lovchining yoki uning qonuniy vakilining talabini qondirishdan bosh tortishga haqli:
- manfaatdor shaxs yetkazilgan zarar to‘g‘risida zarur dalillarni keltira olmasa;
- aviakompaniyaning tashish shartnomasi shartlarini bajarishi va yetkazilgan zarar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sababiy bog’liqlik bo‘lmasa;
- yo‘lovchining bagajiga zarar yetkazilishiga yo‘lovchining bagajidagi mulk sabab bo‘lsa;
- tashuvchi yo‘lovchining beparvo harakatlari va ehtiyotsizligi uning sog‘lig‘iga yoki yukiga zarar yetkazilishiga yoki ko‘payishiga sabab bo‘lganligini isbotlasa;
- bagajni tashish paytida yetkazilgan zarar quyidagilar tufayli yuzaga kelsa:
- tashuvchi jo‘nash, tranzit yoki boradigan mamlakatning amaldagi davlat organlari qonunlari, qoidalari, buyruqlari, talablariga rioya qilganligi va / yoki rioya qilmaganligi sababli;
- yo‘lovchining bagajni yetarli yoki noto‘g‘ri qadoqlashi;
- tashuvchi mulkida havoda tashish taqiqlangan, tashuvchi qoidalarida belgilangan predmetlar va narsalarni kiritilishi;
- ma’lum sifat, xususiyat yoki nuqsonga ega, bagajda tashiladigan narsalarga xos;
- bagajga yetkazilgan zarar tashuvchiga bog‘liq bo‘lmagan har qanday sabab tufayli sodir bo‘lsa hamda tashuvchi va uning vakolatli shaxslari qasddan qilgan harakatlari yoki beparvoliklari tufayli shunday zarar yetkazilganini istisno qilganda, tashuvchi va uning vakolatli shaxslari tomonidan zararni bartaraf etish bo‘yicha barcha zarur bo‘lgan choralar ko‘rilganligi yoki ularni qabul qilib bo‘lmasligi isbotlansa.
2.8. Bagajdagi xavfli predmetlar va moddalar.
Xavfsizlik nuqtai nazaridan, agar maxsus ruxsatnomalarda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, xavfli predmetlarni ro'yxatdan o'tgan yoki qo'l yukida olib o'tish mumkin emas
Havo transportida tashish taqiqlangan xavfli predmetlar haqida batafsil ma’lumot tashuvchi tomonidan o‘zinig rasmiy saytida, tashuvlarni sotish agentlarida, maxsus ma’lumot materiallarida taqdim etiladi.