O‘zbekiston Respublikasi pasportlariga qo‘yiladigan talablar
Hurmatli yo‘lovchilar!
Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 16-avgustdagi PF-5156-son farmonning 3-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining amaldagi biometrik pasporti ("yashil pasport") O‘zbekistondan chiqib ketish uchun faqat 2021-yil 1-yanvargacha amal qiladi. Yuqoridagi sanadan boshlab mamlakatdan chiqish faqat yangi turdagi xorijga chiqish biometrik pasport ("qizil pasport") bilan amalga oshiriladi.
Biroq, siz "yashil pasport" bilan uning amal qilish muddati tugagunga qadar O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishingiz hamda O‘zbekiston hududiga kirishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi hududida parvoz qilish uchun hujjatlar:
- Biometrik pasport
- ID-karta
- Haydovchilik guvohnomasi
- Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (bolalar va chaqaloqlar uchun)