Iqtisod klassi
Boeing 787-8 Dreamliner (UK 78703):
- 246 ta iqtisodiy klass o'rinlari;
Boeing 787-8 Dreamliner (UK 78701-2):
- 246 ta iqtisodiy klass o'rinlari;
- 24 ta biznes-klass o'rinlari;
B-767 samolyotlarida:
- 232 ta joy;
- O‘rindiqlar orasidagi masofa 78 smdan 82 smgacha;
- O‘rindiq suyanchiqlari 15 smga tushiriladi. O‘rindiq suyanchiqlari 107 smga tushiriladi (23-24 chi qatorlar)
- Tirsakqo‘ygichlar orasidagi o‘rindiqlar kengligi 54 sm.
B-757 samolyotlarida:
- 158 ta joy;
- O‘rindiqlar orasidagi masofa 76 smdan 81 smgacha;
- O‘rindiq suyanchiqlari 11 – 15 smga tushiriladi;
- Tirsakqo‘ygichlar orasidagi o‘rindiqlar kengligi 43 sm.
A-320 samolyotlarida:
- 138 ta joy;
- O‘rindiqlar orasidagi masofa 81 sm;
- O‘rindiq suyanchiqlari 15 sm ga tushiriladi;
- Yo‘lovchi o‘rindig‘ining (4,10,11 – chi qatorlar bemor yo ‘lovchilar uchun) yotadigan joyga aylantirilishi.
Iqtisod klassi yo ‘lovchilariga xizmat ko ‘rsatish uchun “Issiq ovqat” ratsioni taxminiy menyusi quyidagilardan iborat:
- Sovuq gazak (go ‘sht mahsulotlari va pishloqdan iborat);
- Sabzavotli gazak (faslli sabzavotlardan iborat);
- Desert (pirojenoe (xamirli pishiriq), mevali salat, quruq mevalar);
- Undan tayyorlangan mahsulotlar;
- Ziravorlar va zarchavalar;
- Issiq ovqat (go ‘shtli yoki tovuqli);
- Qaynoq ichimliklar (qora va ko ‘k choy, kofe, sutli kofe);
- Yaxna ichimliklar (gazli (mineral) suv,gazsiz suv, gazli ichimliklar, sharbatlar);
- Spirtli ichimliklar (vino) – yo ‘nalishga qarab beriladi.
Iqtisod klassi salonlari o ‘qish uchun shaxsiy lampalar, shaxsiy chiqariladigan stolchalar bilan ta’minlangan, shuningdek bu erda katta hajmli tokchalar, 12 tadan kam bo ‘lmagan audiokanallar, “Boing’ samolyotlarida samolyotning joylashgan nuqtasini ko ‘rsatuvchi tizim va – “air-show” parvoz axboroti tizimlari mavjud.
Bundan tashqari, iqtisod klassi yo‘lovchilariga parvoz davomiyligidan qat’iy nazar issiq yopinchiqlar va yostiqchalar taklif etiladi.
Parvoz davomiyligi 6 soatdan ortiq bo‘lgan qatnovlarda (London, Frankfurt, Bangkok, Kuala-Lumpur, Parij, Tokio, Rim, Milan, Jeneva, Madrid) yo‘lovchilarga “Engil nonushta” ikkinchi oziqa ratsioni taklif etiladi.
Iqtisodiy klass salonida issiq yopinchiq va yostiqlarning tarqatilishi parvoz davomiyligiga bog‘liq.