Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Homiladorlik davrida parvoz etish

Ulashing

Biz qatnovlarimizda barcha yo‘lovchilarning qulay va xavfsiz parvoz etishlari haqida qayg‘uramiz, shu jumladan, homilador ayollar parvoz vaqtida o‘zlarini xotirjam, qulay va xavfsiz his qilishlari uchun   sharoitlarni hisobga olamiz.

Homiladorlik davri mo’tadil o‘tayotgan ayollar uchun qatnovlarda parvoz etish muammo emas. Ammo, homilador ayollardan qatnovda parvoz etishlari va kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha maslahat olish uchun sayohat qilishdan oldin shifokorga murojaat etishlarini so‘raymiz.

Homilador ayolning sog‘lig‘i bilan bog‘liq hech qanday muammolar mavjud bo‘lmasa ham, u shifokor tomonidan imzolangan va quyidagi ishonchli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan TIBBIY MA’LUMOTNOMA yoki boshqa hujjatlarni taqdim etishi kerak:

  • Homiladorlik davri va rejalashtirilgan tug‘ish sanasi;
  • Homiladorlik asoratsiz davom etayotganligini va parvoz zarar yetkazmasligini tasdiqlash.

Ma’lumotnoma dastlabki belgilangan manzilga jo‘nab ketish sanasidan kamida 7 kun oldin olingan bo‘linishi kerak.

Homiladorlikning qaysi muddatidan oldin parvozlarga ruxsat beriladi?

 

1–31 hafta

32-35 hafta

36 haftadan ortiq

Bitta chaqaloq tugʻilishi kutilayotgan boʻlsa

Parvozga ruxsat beriladi

Parvozga ruxsat beriladi

Parvozga ruxsat berilmaydi

 Birdan ortiq  chaqaloqlar tugʻilishi kutilayotgan boʻlsa

 

Parvozga ruxsat beriladi

Parvozga ruxsat berilmaydi

Parvozga ruxsat berilmaydi

Havo kemasida sayohat qilish uchun eng maqbul vaqt ikkinchi trimestr, ya’ni 13 dan 28 haftagacha bo‘lgan davr hisoblanadi. Asosan, ushbu davr homiladorlikda eng qulay hisoblanadi.  Uchinchi trimestrda chaqaloq tezroq o‘sadi va organizmda og‘irlik ortadi. Shuning uchun, agar Siz parvozni keyinroq rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz, har qanday ehtimolga qarshi tibbiy yordamga murojaat qilishingiz mumkin bo‘lgan joyni oldindan bilib olishingiz kerak. Xorijiy davlatlarga sayohat qilish uchun Siz sayohat tibbiy sug‘urtasini rasmiylashtirishingiz mumkin. Odatda, 22 haftadan so‘ng, shifokor tibbiy karta yoki kitobcha beradi, ushbu hujjatlarda homiladorlik haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi va tahlil natijalari qayd etiladi. Agar Sizda bunday karta yoki kitobcha bo‘lsa, unda maksimal ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘ladi, shoshilinch tibbiy yordam uchun shifokorga murojaat etish ehtimoli bo‘lgan holatlarda uni o‘zingiz bilan olib boring.

Homiladorlik davrida sayohat qilish uchun foydali maslahatlar

  • Parvozdan oldin shifokoringizga tashrif buyuring va uzoq masofali parvozlar bo‘yicha u tomonidan berilgan tavsiyalarni diqqat bilan tinglang.
  • O‘rningizdan turishingizni osonlashtirish uchun yo‘lak oldidagi joylarni tanlang. Qon aylanishini yaxshilash uchun, ayniqsa uzoq masofali parvozlar vaqtida, muntazam ravishda turishingiz va yurishingiz mumkin.
  • Uzoq masofali parvozlar uchun oyoq qo‘yilishi kengroq bo‘lgan joylarni tanlang yoki Biznes klass    salonidan joy oling. Oyoq qo‘yilishi kengroq bo‘lgan joylarda Siz oyoqlaringizning holatini o‘zgartirishingiz mumkin, bu qon aylanishi bilan bog‘liq muammolarni oldini olishga yordam beradi.
  • Hamroh bilan sayohat qiling
  • Parvoz vaqtida ko‘p miqdorda suv iching va suvsizlanishga olib keladigan ichimliklardan saqlaning (choy, kofe)
  • Barcha tibbiy hujjatlaringizni o‘zingiz bilan olib ketishni unutmang. Agar Siz xorijiy mamlakatlarga  sayohat qilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu hujjatlarni ingliz tiliga tarjima qilingan nusxalarini olib keting.
  • Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar kamida 7 kunligida tashish uchun qabul qilinadi.