Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Aviatsiya xavfsizligi

Ulashing

Aviatsiya xavfsizligi talablari

Ichki va xalqaro yo‘llarda yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuki, bagajining aviatsiya xavfsizligi yuzasidan tekshiruvi parvozlar xavfsizligini ta’minlash, yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarining hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, fuqaro havo kemalarining jinoyatchi elementlar tomonidan kutilishi mumkin bo‘lgan qo‘lga olinishi hamda olib qochilishi va fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga boshqa g‘ayriqonuniy aralashuv harakatlariga chora ko‘rish, shuningdek qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moslamalar, portlovchi, zaharli, tez o‘t oluvchi moddalar va boshqa xavfli yuklar noqonuniy tashilishini oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.

“Uzbekistan airways” AJ aeroportlarida aviatsiya xavfsizligini ta’minlash uchun kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Aeroportlarining yo‘lovchi terminallariga kirishda barcha yo‘lovchilar va keluvchilar tekshiruvning maxsus texnik vositalari yordamida aeroportning xavfsizlik xodimlari va militsiya tomonidan amalga oshiriladigan xavfsizlik uchun qo‘shimcha nazoratdan o‘tishlari zarur.

Chiptalar ro‘yxatga olingandan keyin, Xalqaro yo‘nalishlarda esa bojxona, chegara va nazoratning boshqa turlaridan o‘tilgandan so‘ng yo‘lovchilar va ular qo‘l yukining parvoz oldi tekshiruvi o‘tkaziladi. Yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuki va yo‘lovchi o‘zi bilan o‘lgan buyumlarining parvoz oldi nazorati tekshiruvning texnik va maxsus vositalarini qo‘llagan holda, qo‘l (kontaktli) metodi bilan o‘tkaziladi, shuningdek tekshiruv shaxsiy (alohida) bo‘lishi mumkin.

Parvoz oldi tekshiruvidan o‘tishni va o‘z buyumlarini tekshirish uchun ko‘rsatishni rad etgan yo‘lovchining uchishiga ruxsat berilmaydi.

 

Havo kemasi bortida qo'l yuki tarkibida suyuqliklar, gellar va aerozollarni olib ketishning yangi qoidalari

Ruxsat etilgan
  • SAG solingan idishlaming hajmi 100 ml dan oshmasligi kerak
  • Har bir yo'lovchiga faqat paket olib ketishga ruxsat etiladi
  • Paket nazoratdan o'tkazish uchun boshqa qo'l yukidan alohida holda berilishi kerak
Man etilgan
  • Ichi to'la, ochiq holatdagi paket
  • O'tkir predmetlar
  • Hajmi 100 lm dan katta idishlarm hatto idish qisman to'ldirilgan bol'sa ham
Suyuqliklar, aerozollar, gellar ruxsat etilgan:
  • Kiprik uchun tushlar, lab bo'yoqm gigiyenik lab bo'yoq va shunga ox'shash konsistensiyali istalgan mahsulotlar
  • Kremlar, los'onlar, moylar, atir, sprey, gel, kosmetick va boshqa turdagi ko'piklar
  • Suv va boshqa ichimliklar sho'rva, sharbat, shinni, dimlar, pishirilgan go'sht, qaylalar va pastalar
Istisno tariqasida oib ketishga ruxsat etiladigan predmetlar:
  • dori-darmonlar
  • Bolalar ovqatlari
  • Diyetik mahsulotlar

Suyuqliklar, aerozollar va gellarni tashish qoidalari

Yo‘lovchilar hamda ekipaj a’zolariga quyidagi talablarga rioya qilinganda HK sahnida SAG tashishga ruxsat beriladi.

Barcha suyuqliklar sig‘imi 100 ml.dan oshmaydigan idishlarda tashilishi lozim. Sig‘imi 100 ml.dan ortiq konteynerlardagi suyuqliklar, agar idish qisman to‘ldirilgan bo‘lsa ham tashishga qabul qilinmaydi.

Idish bekiladigan, hajmi 1 litrdan oshmaydigan shaffof plastik paketga joylashtirilishi lozim. Idishlar zich bekiladigan, shaffof plastik paketga bemalol sig‘ishi kerak.

Havo kemasida tashish taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlar ro'yxati 

  • Portlovchi moddalar
  • Portlatuvchi vositalar 
  • Ular bilan to'ldirilgan predmetlar

Ko'zdan kechirish paytida yo'lovchining qo'l yuki va bagajida aniqlangan, havo kemasida tashish taqiqlangan moddalar va ashyolar olib qo'yiladi va havo kemasi.

O'zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasi havo kemalarida yo'lovchilar

 

Begona shaxslardan bagaj, posilka, konvert va boshqa buyumlarni olish tavsiya etilmaydi, chunki ularning saqlanishi va ichidagi narsalar uchun javobgarlik yo‘lovchiga yuklanadi

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aeroportlari va aviakorxonalarida aviatsiya xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish maqsadida havo kemalari sahniga zajigalka va gugurt olib o‘tish taqiqlanadi.
  • Havo kemasi sahniga o‘zi bilan barcha sanchiladigan va kesadigan buyumlar, qaychi, spitsa, sixlar, manikyur to‘plamlari va h.k., shuningdek tez o‘t oluvchi suyuqliklarni olib o‘tish taqiqlanadi.
  • Yo‘lovchining qo‘l yukida ko‘rsatilgan buyum va moddalar aniqlansa va ularni bagajga topshirish imkoni bo‘lmasa, ushbu buyum va moddalar belgilangan tartibda musodara qilinishi lozim.
  • Yurak faoliyatiga yordam beruvchi apparatlari bor yo‘lovchilar texnik vositalar ishlatilmasdan shaxsiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Shubhali buyumlar aniqlanganda

Aviatsiya xavfsizligi bo'yicha tekshirish joylarida tekshirish xizmati xodimi talabiga ko'ra yo'lovchi o'z yonida va qo'l yukida olib ketayotgan elektron vositalarini yoqish orqali ishlatib ko'rsatishi hamda quvvatlantirish moslamalari va kassetalar o'rnatiladigan joylarini korsatishi shart .

Quvvat olgan elektron vositasi yoqilmasa, bunday elektron vositalar qo'shimcha maxsus texnik vositalarni qo'llash orgali tekshiriladi.

Elektron vositalar ichida taqiqlangan buyum va vositalar mavjudligi aniqlansa, bunday moslamalarning tekshiruvi to'xtatiladi, elektron vositaning egasi bo'lgan yo'lovchi havo kemasiga qo'yilmaydi.