Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Ijtimoiy imtiyozlar

Ulashing

Keksalar uchun turizm oyligi

2024-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha “Keksalar uchun turizm oyligi” davomida sayohat qiluvchilar uchun “Uzbekistan Airways” AJ qatnovlarining ichki yo‘nalishlari bo‘yicha aviakompaniya tomonidan 2024-yil 3-oktyabrdan boshlab sotuvda chegirmalar belgilandi.

Aviachiptani rasmiylashtirish

 

Ulug‘ Vatan urushi 1-guruh nogironlari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun 50-foizli chegirmalar belgilandi.

Ulug‘ Vatan urushi 1-guruh nogironlari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun 1-oktyabrdan 15-may davomidagi qatnovlarga ekonom klassining normal va ekskursion tariflaridan yillik mavsumiy 50-foizli chegirmalar belgilandi. Mavsumiy imtiyoz Ulug‘ Vatan urushi nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslarning guvohnomalari asosida taqdim etiladi.

Aviachiptani rasmiylashtirish

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida istiqomat qiluvchi yoshga doir pensiya oluvchilar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun chegirma.

Chegirma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi “Qoraqalpog‘iston respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-213-sonli Farmoniga muvofiq hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining yangi bosqichiga olib chiqish uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida taqdim etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yashovchi yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun aviachiptalarni rasmiylashtirish 50% chegirma bilan amalga oshiriladi.

Aviachiptani rasmiylashtirish