Parvozni tasdiqlash to‘g‘risidagi ma’lumotnoma
Parvozlar narxi to‘g‘risidagi Ma’lumotnomani rasmiylashtirish tartibi
1. Ma’lumotnoma haqiqatda qatnovda parvoz etilganini va to‘lovi amalga oshirilgan aviachiptaga muvofiq parvoz qiymatini tasdiqlaydi.
2. Ma’lumotnomalar buyurtma shaklini to‘ldirishda ko‘rsatilgan elektron pochta manzili orqali qatnovda parvoz amalga oshirilgani tasdiqlangan holda, PDF formatida taqdim etiladi.
3. Qatnovda amalga oshirilgan parvoz va uning narxini tasdiqlovchi ma’lumotnoma har bir yo‘lovchi uchun alohida rasmiylashtiriladi.
4. Ma’lumotnomaga buyurtma rasmiylashtirishda, yo‘lovchining to‘liq ismi (F.I.O. chiptadagi kabi), sotib olingan aviachiptaning raqami, tug‘ilgan sana hamda Ma’lumotnoma yuborilishi uchun elektron pochta manzili ko‘rsatilishi kerak.
5. Ma’lumotnomalar faqat “Uzbekistan Airways” AJning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam qatnovlari bo‘yicha rasmiylashtiriladi. Ma’lumotnomalar boshqa aviakompaniyalar bilan yoki ularning ishtirokida, Code Share, SPA, interlayn kelishuvlari bo‘yicha xarid qilingan, shuningdek, “Uzbekistan Airways” AJ charter reyslari bo‘yicha amalga oshirilgan aviachiptalarga berilgan so‘rovlar bo‘yicha rasmiylashtirilmaydi.
6. To‘ldirilgan buyurtma shaklida yo‘nalish yoki yo‘lovchining ismi (F.I.O) noto‘g‘ri ko‘rsatilgan holatlarda, qatnovda parvozni tasdiqlash yoki amalga oshirilgan qatnovdagi parvoz narxi to‘g‘risidagi Ma’lumotnoma, ushbu yo‘lovchi ushbu qatnovda parvozni amalga oshirmagan yoki Aviakompaniya ushbu reysni amalga oshirmagan shaklida rasmiylashtiriladi. Shakllantirish vaqtida noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgan Ma’lumotnoma olinganidan so‘ng, buyurtmachiga pul mablag‘lari qaytarilmaydi.
7. Xizmatni amalga oshirish muddati – Ma’lumotnoma uchun buyurtma qabul qilingan vaqtdan boshlab 24 soatdan kechiktirilmagan muddat davomida.