Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ayrim davlatlarga kirishlari uchun qo‘yiladigan maxsus talablar

Ulashing

BAAga parvoz qilishni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar uchun ma’lumotlar.

Birlashgan Arab Amirliklari hududiga kirishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining amal qilish muddatiga qo‘yiladigan talablar.

Birlashgan Arab Amirliklariga kirish uchun immigratsiya talablariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Birlashgan Arab Amirliklariga kirgan kundan boshlab kamida 6 oy davomida amal qilishi kerak bo‘lgan xorijiy pasportga ega bo‘lishlari kerak. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Birlashgan Arab Amirliklari hududida 30 kundan oshmagan muddat uchun viza talab etilmaydi.

Batafsil ma’lumotlar Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligining rasmiy portalida - https://www.mofa.gov.ae/en/travel-update


Belarusga parvoz qilishni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar uchun ma’lumotlar.

«Uzbekistan airways» AJ yo`llovchilarining Belarus Respublikasiga kirishi rad etilishining oldini olish uchun, quyidagilarga ishonch qilish lozim:

  1. Ilgari Belarus va Rossiya Federatsiyasi hududida mamlakat qonunlari va vaqtincha turish muddati buzilmaganligi
  2. Barcha kerakli sayohat hujjatlari mavjudligi
  3. Ishlash uchun rasmiy taklifnoma (ishlashga ketayotganlarga)
  4. Belarus Respublikasi hududida haqiqiy mehmonxona broni/yashash manzili mavjudligi
  5. Mamlakatda vaqtincha bo`lib turgan vaqtga yashash uchun yetarli pul miqdori (1 kun*25 AQSh dollari)
  6. Qaytish chiptasi

Belarus Respublikasi chegara xodimlari bilan suhbatda savollarga aniq va ishonch bilan javob berish kerak. Mamalakatga kelish sababini aniq ko`rsatish kerak.


Gruziyaga parvoz qilishni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar uchun ma’lumotlar.

Gruziyaga kirishni rad etish holatlarining oldini olish uchun quyidagilarga ishonch hosil qiling:

  1. Sizda zarur bo‘lgan barcha sayohat hujjatlari mavjudligi.
  2. Sizda ishlash uchun rasmiy taklifnoma mavjudligi (agar ishlash uchun boradigan bo‘lsangiz).
  3. Sizda Gruziya hududidagi mehmonxona uchun bron /yashash manzili mavjudligi.
  4. Mamlakatda bo‘lgan vaqtingizda yashash uchun yetarli miqdorda pul mablag‘ingiz mavjudligi.
  5. Sizda tibbiy sug‘urta yoki tibbiy xarajatlarni qoplash uchun yetarli miqdordagi pul mablag‘lari mavjudligi.

Chegarachilar bilan suhbatda Siz mamlakatga kelish sababini aniq ko‘rsatishingiz kerak, buning uchun qaytish chiptasi bo‘lishi tavsiya etiladi.


Turkiyaga kirishda pasportning amal qilish muddatiga qo‘yiladigan talablar.

2015-yil 1-yanvardan boshlab, “Chet elliklar va xalqaro himoya to‘g‘risida”gi 6458-sonli Qonunning 7.1 b-moddasiga binoan, Turkiyaga kirishni istagan chet elliklar o‘zlarining vizalari, elektron vizalari, vizasiz rejimi yoki yashash uchun ruxsatnomasidan keyin kamida 60 kun amal qiladigan sayohat hujjatini (pasportini) olib yurishlari kerak.  

90 kunlik “qolish muddati” bilan Turkiyaga viza bilan kirish uchun chet elliklar kamida 60 kun davomida amal qiladigan pasport/sayohat hujjatiga ega bo'lishlari kerak, bunda mamlakatga kirish vaqtida amal qilish muddati 150 kun (90 kun + 60 kun/5 oy) ni tashkil qiladi

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Turkiya Respublikasiga vizasiz kirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chet el pasportiga ega bo‘lishlari kerakligini eslatib o‘tamiz, uning amal qilish muddati Turkiya Respublikasiga kirgan kundan boshlab kamida 150 kunni tashkil etadi.

Batafsil ma’lumotlarni quyidagi saytdan olishingiz mumkin: https://www.mfa.gov.tr/passport-validity-requirements-while-entering-turkey-in-accordance-with-law-on-foreigners-and-international-protection.en.mfa


Batafsil ma’lumot: https://www.iatatravelcentre.com/passport-visa-health-travel-document-requirements.htm