Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasi bojxona organlarining talablariga muvofiq, ushbu davlatlar hududiga chekilmaydigan tamaki mahsulotlarini ("nosvoy"), shuningdek, isiriq o‘simligini har qanday ko‘rinishda olib kirish qat’iyan taqiqlanadi.
Ushbu taqiqni buzganlik uchun jarima va boshqa huquqiy oqibatlar, jumladan jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan choralar belgilangan (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 228 va 231-moddalari asosida).
Qoidalarga rioya qilishingizni so‘raymiz.
Bizni toʻgʻri tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!