BAAga keluvchi yo'lovchilar uchun qoidalar
1. Barcha yo'lovchilar, Dubay amirligining Dubay aeroportiga kiruvchi yoki undan chiquvchi fuqarolar, rezidentlar va sayyohlar uchun belgilangan hukumat protokollari va shartlariga rioya qilishlari kerak.
2. Dubayga keluvchi barcha yo'lovchilar (shu jumladan tranzit) amal qilish muddati 96 soat bo'lgan COVID-19 uchun PCR-testi salbiyligini tasdiqlovchi ingliz tilida rasmiylashtirilgan yoki ingliz tiliga rasmiy tarjima bilan tasdiqlangan hujjatga ega bo'lishlari kerak.
12 yoshgacha bo'lgan bolalar hamda o'rtacha va og'ir darajadagi imkoniyati cheklangan bolalar PCR-testini topshirishdan ozod qilinadi.
3. Dubayga kelgan barcha yo'lovchilar (sayyohlar/viza kirishda) BAAda foydalanishlari mumkin bo'lgan tibbiy sug'urtaga ega bo'lishlari kerak.
4. Dubay aeroportlari orqali parvoz qiluvchi barcha tranzit/transfer yo'lovchilar amaldagi tibbiy sug'urtaga ega bo‘lishlari tavsiya etiladi.
5. Barcha yo'lovchilar HEALTH DECLARATION FORMni Dubayga/dan jo'nashlaridan oldin to'ldirishlari kerak (HEALTH DECLARATION FORM blank shakli ilovada keltirilgan).