Bagaj tashuvlari
Hurmatli «Uzbekistan Airways» АJ yo`lovchilari!
Shu bilan birga, joylar kontseptsiyasi bo‘yicha quyidagi bagaj qoidalari qo‘llaniladi:
Biznes klass uchun qo‘l yuki – 1 joy 10 kg. dan oshmasligi kerak, iqtisod klass uchun-1 joy 8 kg. dan oshmasligi kerak. Qo‘l yuki hajmi uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha 115 sm. dan oshmasligi kerak.
Xizmat ko‘rsatishning biznes klassi - 2 ta rasmiylashtiriladigan joy og‘irligi 32 kg. dan ko‘p bo‘lmagan va gabariti uch o‘lcham yig‘indisi 158 sm. dan ko‘p bo‘lmagan, o‘rin taqdim etilmagan holda 2 yoshgacha bo‘lgan chaqaloq uchun – og‘irligi 10 kg. dan ko‘p bo‘lmagan 1 ta joy va gabariti uch o‘lcham yig‘indisi 115 sm. dan ortiq bo‘lmagan joy.
Xizmat ko‘rsatishning iqtisod klassi - 1 ta rasmiylashtiriladigan joy og‘irligi 23 kg. dan ko‘p bo‘lmagan va gabariti uch o‘lcham yig‘indisi 158 sm. dan ko‘p bo‘lmagan, joy taqdim etilmagan holda 2 yoshgacha bo‘lgan chaqaloq uchun – og‘irligi 10 kg. dan ko‘p bo‘lmagan 1 ta joy va gabariti uch o‘lcham yig‘indisi 115 sm. dan ortiq bo‘lmagan joy.
"Uzbekistan Airways" AJ qatnovlarida uchadigan har bir yo‘lovchi, aviachiptani rasmiylashtirish vaqtida istagan tashuv va tariflar turini tanlash huquqiga ega bo‘ladi, masalan: bagaj bilan yoki bagajsiz, qaytariladigan yoki qaytarilmaydigan.
UZBEKISTAN AIRWAYS – BAGAJ TASHISH ME’YORLARI, O'RINDIQLAR SONI BO'YICHA, (ISTANBUL, DUBAY, SHARJA, JIDDA SHAHARLARIDAN TASHQARI BARCHA YO'NALISHLAR UCHUN) | |||
Qo‘l yuki (Uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha 115 sm) | Ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bagaj (Uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha 158 sm)
| ||
(HY0001-8999)* | Ekonom klass | 1 joy 8 kg | Har bir joy 23 kg 1) 1 joy 32 (faqat Toshkent-Domodedovo/Vnukovo/Myunxen/Frankfurt/Pekin/Urumchi uchun) |
Biznes klass | 1 joy 10 kg 2 ta joy 8 kg (Toshkent – Seul, Bangkok, Frankfurt, Jakarta, Kuala-Lumpur, Myunxen, Pxuket – Toshkent yo‘nalishida) | Har bir joy 32 kgг 1) | |
Yosh bolalar (2 yoshgacha) | Nazarda tutilmagan | 1 joy 10 kg, o‘lchamlari 115 sm uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha (agar bagaj normasi tarif shartlarida nazarda tutilgan bo'lsa) | |
(HY9000-9999)* | Ekonom klass | 8 kg | Har bir joy 23 kg gacha |
Yosh bolalar (2 yoshgacha) | Nazarda tutilmagan | 1 joy 10 kg 115 sm uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha (agar bagaj normasi tarif shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa) | |
*HY0001-1000 - Main Line reyslar *HY1001-1100 - Uzbekistan Helicopters reyslar *HY1101-8999 - Main Line reyslar *HY9000-9999 - Low Cost reyslar |
UZBEKISTAN AIRWAYS – OG‘IRLIK KONSEPSIYASI BO‘YICHA BAGAJ TASHISH ME’YORLARI (FAQAT ANKARA, ISTANBUL, DUBAY, SHARJA, JIDDA YO‘NALISHLARI UCHUN) | |||
MUNTAZAM QATNOVLAR | Qo‘l yuki (Uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha 115 sm) | Ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bagaj (Uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha 158 sm)
| |
(IST) Istanbul | Ekonom klass | 8 kg | 35 kg |
Biznes klass | 15 kg | 40 kg | |
Yosh bolalar (2 yoshgacha) | Nazarda tutilmagan | 10 kg | |
(ESB) Ankara | Ekonom klass | 5 kg | 20 kg |
Biznes klass | 10 kg | 35 kg | |
(DXB) Dubay* *2025 yil 29 martgacha | Ekonom klass | Qaytariladigan tarif: 8 kg Qaytarilmaydigan tarif (LT): 8 kg Qaytarilmaydigan tarif (NB): 8 kg | Refundable fare: 50 kg Qaytarilmaydigan tarif (LT): 35 kg Qaytarilmaydigan tarif (NB): 0 kg |
Biznes klass | 10 kg | 65 kg | |
Yosh bolalar (2 yoshgacha) | Nazarda tutilmagan | Refundable fare: 10 kg Non-refundable fare (LT): 10 kg Non-refundable fare (NB): 0 kg | |
(JED) Jidda | Ekonom klass | 8 kg | 25 kg |
Biznes klass | 10 kg | 35 kg | |
Yosh bolalar (2 yoshgacha) | Nazarda tutilmagan | 10 kg |
Tutashuvchi yo‘nalishlarda, agar tutashish vaqti 24 soatdan kam bo‘lsa:
Yo‘nalish | Iqtisod klass | Biznes klass | Chaqaloqlar uchun (Biznes va iqtisod) | |
Nyu-Yorkka/dan | Bagajli tariflar uchun | Ikkita joy 23 kg | Ikkita joy 32 kg | Bitta joy 10 kg |
Boshqa yo‘nalishlar | Bagajli tariflar uchun | Bitta joy 23 kg | Ikkita joy 32 kg | Bitta joy 10 kg |
O‘zbekiston shaharlarida tutashish vaqti 24 soatdan ortiq vaqtni tashkil etgan holatlarda yuk tashish me’yori har bir uchastka uchun belgilangan me’yorga muvofiq qo‘llaniladi.
Istisnolar:
Toshkentdan Seulga, Bangkok, Frankfurt, Jakarta, Kuala-Lumpur, Myunxen, Pxuket va ortga yo‘nalishlarda biznes-klassda qo‘l yukini tashish me’yori 2 o‘rinni har biri 8 kg dan tashkil etadi.
O‘zbekistondan Istanbulga va ortga yo‘nalishlarda biznes-klassda qo‘l yukini tashish me’yori 15 kg ni tashkil etadi.
O‘zbekiston – Istanbul/ Dubay/ Sharja yo‘nalishlari va orqaga qaytish xalqaro yo‘nalishlari og‘irlik konsepsiyasi bo‘yicha bagaj tashuvining avvalgi me’yori amal qiladi. Shu bilan birga, Istanbul, Dubay va Sharja shaharlariga/dan xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha joylar konsepsiyasi bo‘yicha tashish me’yori qo’llaniladi (bundan mustasno: O‘zbekiston shaharlariga/dan Istanbul, Dubay, Sharja va orqaga qaytish yo‘nalishlari – bagaj tashish normasi og‘irlik konsepsiyasi bo‘yicha).
Nyu-York va Pekinga bagaj tashish me’yori o‘zgarishsiz qolmoqda (istisnolardan: 2021-yil 28-martdan Toshkent-Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha qaytarilmaslik sharti bilan iqtisodiy klass tariflari va 1 joy bepul bagaj tashish stavkasi 23 kg. dan oshmasligi belgilangan).
O‘zbekistondan Dubayga, Sharja, Istanbul, Nyu-Yorkka va qaytishga berilgan tariflar uchun hamda bagaj tashishning kamaytirilgan me’yori bilan qaytish va qayta rasmiylashtirishda alohida shartlar ham amal qiladi.
Bagajsiz tariflari bo‘yicha ham, bepul bagaj tashish me’yori belgilangan tariflar bo‘yicha ham aviachiptalarni sotib olgan yo‘lovchilar qo‘shimcha ravishda bagajni me’yordan ortiq bagaj sifatida tashish huquqiga ega. Bunday bagajning og‘irligi 1 biznes-klass chiptalari uchun 32 kg. dan oshmasligi kerak, 1 iqtisodiy klass chiptalari uchun qo‘shimcha joy 23 kg. dan oshmasligi kerak. Qo‘shimcha bagajning o‘lchamlari ham uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha 158 sm. dan oshmasligi kerak. Bunday bagaj uchun to‘lov har bir joy uchun alohida-alohida olinadi. 2 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar uchun qo‘shimcha bagaj taqdim etilganda, joy ajratmasdan katta yo‘lovchi uchun belgilangan stavka olinadi.