Ro‘yxatdan o‘tgan hamda ro‘yxatdan o‘tmagan bagaj sifatida tashuvga quyidagilar qabul qilinmaydi:
- aviakompaniya hamda yo‘lovchilar mulkiga, sahndagi yo‘lovchilarga, samolyot va havo kеmasi bortiga xavf yеtkazishi mumkin bo‘lgan buyum va moddalar;
- aviakompaniya qoidalari bilan bagaj uchun o‘rnatilgan o‘lcham mе’yorlaridan og‘irligi va o‘lchami jiddiy tarzda oshuvchi buyumlar;
- biror- bir davlat hudididan, hududiga yoki hududi orqali ushbu davlat qonun va qoidalari bilan tashuvi amalga oshirilishi ta’qiqlangan buyumlar;
Tashuv hujjatlari, tibbiy guvohnomalar, rеntgеn suratlari, nеgativlar, o‘ta qimmat va nozik hamda mo‘rt buyumlar shuningdеk, pul, krеdit kartalari, qimmatli qog‘oz va hujjatlar, qimmatbaho mеtallar, toshlar, dur va ulardan tayyorlangan mahsulotlarni yo‘lovchi bagajga topshirmasdan, o‘zi bilan olib ketishi shart.
Mazkur buyumlar ro‘yxatdan o‘tgan bagajda qimmatliligi ko‘rsatilishi yoki ko‘rsatilmasligidan qat’iy nazar, tashilsa, aviatashuvchi ushbu buyumlarning butligi uchun javobgar emas.
Qo‘l yukining maksimal gabarit o‘lchamlari 56 Х 45 Х 25 sm dan oshmasligi kerak. Har bir qo‘l yukining uch o‘lcham summasi bo‘yicha maksimal kattaligi 115 sm dan oshmasligi kerak Bu o‘lchovlarda qo‘l yuki sifatida olib ketilayotgan bagajning g‘ildiraklari, dasta va yon cho‘ntaklari hisobga olingan.
Agar qo‘l yuki 1 tadan ortiq sumkadan (joydan) iborat bo‘lsa, bunday qo‘l yuki tashuvga bitta umumiy joy sifatida qabul qilinishi kerak va bunday joylarning umumiy gabaritlari yig‘indisi uch o‘lcham summasi bo‘yicha 115 sm dan oshmasligi kerak.
HURMATLI YO‘LOVCHILAR!
Aviakompaniyamiz qatnovlarida, shuningdek boshqa aviakompaniyalar qatnovlarida parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida litiy batareyalari orqali harakatga keltiriladigan KICHIK SHAXSIY TRANSPORT VOSITALARINI (MONOKOLYOS, SEGVEY, GIROSKUTER, ELEKTROSAMOKAT VA SHUNGA O‘XSHASH BOSHQA TRANSPORT VOSITALARINI) RO‘YXATDAN O‘TKAZILADIGAN BAGAJ VA QO‘L YUKI TARKIBIDA OLIB KETISH TAQIQLANDI.
Bunday cheklovlar Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi xavfsizlik standartlari tomonidan 2015-yilning 16-dekabridan kiritildi, chunki litiyli batareyalarning o‘z-o‘zidan yonib ketishi holatlari qayd etilganligi tufayli ular “Xavfli buyumlar” toifasiga kiritilgan.
Bizning qatnovlarimiz orqali yuqorida ko‘rsatilgan transport vositalarini olib ketmasligingizni so‘raymiz. Bunday vositalar tashuvga qabul qilinmaydi va xavfsizlik xizmatlari tomonidan olib qo‘yiladi.
AGAR AVIATSIYA XAVFSIZLIGI TALABLARINI BAJARISH MAQSADIDA SIZNING BAGAJINGIZ OLIB QO‘YILGAN BO‘LSA, BUNDAY BAGAJNING YO‘QOLGANLIGI UCHUN AVIAKOMPANIYA JAVOBGARLIKKA EGA BO‘LMAYDI
O‘zbekiston Respublikasi havo bo‘shlig‘ida uchuvchisiz uchish apparatlaridan (UUA) foydalanish va ularni O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 26-noyabrdagi 322-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori bilan ruxsat beriladi.
Batafsil: https://www.uzcaa.uz/uz/drones