Bagaj transferi
O‘zbekiston Respublikasining bojxona qonunchiligiga muvofiq yo‘lovchi bagaji quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi:
- O‘zbekiston Respublikasiga kirishda - bagaj faqat O‘zbekiston Respublikasining birinchi chegara o‘tkazish punktida ro‘yxatdan o‘tkaziladi (ichki tashish uchun aviachipta mavjudligidan qat’iy nazar).
- O‘zbekiston Respublikasidan uchib ketishda - ichki reyslardan, xalqaro reyslarga aviachipta bo‘lishiga qaramay, bagajni yakuniy manzilgacha ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati yo‘q.
Ikkala holatda ham, yo‘lovchilar, o‘zlariga tegishli bagajlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishlari kerak.