Biznes klass
Koronavirus infektsiyasining tarqalishini oldini olish uchun mo‘ljallangan yangi xizmat ko‘rsatish qoidalarining joriy etilishi bois, biz biznes-klass yo‘lovchilariga "taomdan taomga" taom taqdim etish xizmatini vaqtincha to‘xtatdik. Sovuq va issiq ovqatlarni, shuningdek, barcha turdagi ichimliklar uchun bir martalik idish ishlatiladi. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
parvoz davomiyligi 2 soatgacha bo‘lgan reyslarda yo‘lovchilarga individual qadoqdagi idishlarda suv va sharbatlar taqdim etiladi.
parvoz davomiyligi 2 soatdan ortiq bo‘lgan reyslarda biznes klass yo‘lovchilariga tanlovga ko‘ra issiq taomni o‘z ichiga olgan oziq-ovqat taklif etamiz.
Parvoz davomiyligi 2 soat va undan ortiq bo‘lgan reyslar taomnomasi:
Go‘sht va pishloqli yaxna taom
Sabzavotli salat yoki sabzavotli yaxna taom
Xohishga ko‘ra tanlash mumkin bo‘lgan issiq taom
Yangi non va bulochka
Yaxna ichimliklar, sharbatlar
Shirinlik
Issiq ichimliklar:
qora, ko‘k choy;
eruvchan qaxva;
- tuyilgan qaxva*: amerikano, espresso, kapuchino, latte.
*Maydalangan qaxva faqat Boeing 787-03/04/05 havo kemalarida taqdim etiladi
Maxsus oziq-ovqat turlari
Nomlanishi | Kod | Rasion tavsifi |
Parhez oziq-ovqatlar | ||
Tarkibida kleykovina bo‘lmagan oziq-ovqat (Gluten-free meal) | GFML | Kleykovina va o‘simlik oqsili bo‘lmagan ovqat, sut mahsulotlari va bug‘doy, javdar, arpa, suli mahsulotlari chiqarib tashlangan. |
Parhez oziq-ovqatlar | ||
Diabetik taomnoma | DBML | Qovurilgan mahsulotlar, tarkibida yuqori fruktoza, shakar mavjud boʻlgan mahsulotlar, yogʻli mahsulotlar roʻyxatdan chiqarilgan |
Bolalar oziq-ovqati | ||
Bolalar oziq-ovqati (Child meal) | CHML | 2 yoshdan katta bolalar uchun oson chaynaladigan yumshoq taom, oziq-ovqat mahsulotlari oson identifikatsiyalanadi. |
Jain taomlari | ||
Jain taomlari | JNML | Vegetarian taomlar faqat yer ustida o‘sadigan meva va sabzavotlarni, shu jumladan tofu, yormalarni o‘z ichiga oladi. Bu ovqatlanishda ildizmevalilar: kartoshka, sabzi, lavlagi va boshqalar chiqarib tashlangan. |
Vegetarian taomlar | ||
Osiyo vegetarian (Asian vegetarian meal) | AVML | Sut mahsulotlaridan cheklangan miqdorda foydalanish bilan, osiyo ziravorlari qo‘shilgan go‘sht va baliqsiz taom. |
Qat’iy vegetarian (Vegetarian Meal) | VGML | Go‘sht, baliq, tuxum, sut va sut mahsulotlari to‘liq chiqarib tashlangan qat’iy vegetarian oziq-ovqat. |
Xom vegetarian oziq-ovqat (Raw vegetarian meal) |
RVML | Kulinar ishlov berilmagan, xom sabzavot va mevalar. |
Sut mahsulotli vegetarian (Vegetarian lacto-ovo meal) | VLML | Sut va tuxumdan tayyorlangan vegetarian oziq-ovqat. |
Mevali oziq-ovqat | FPML | Yangi mevalar. |
Diniy e‘tiqodlarni hisobga olib ishlab chiqilgan oziq-ovqat | ||
Induist novegetarian (Hindu) (Hindu meal) | HNML | Hushta'm va achchiq taom, tarkibida mol go‘shti, buzoq go‘shti, cho‘chqa go‘shti bo‘lmaydi, qo‘y, parranda, baliq, sut bo‘lishi mumkin.
|
Islomiy (Moslem meal) | MOML | Cho‘chqa go‘shti, jelatin, spirtli ichimliklar qo‘llash taqiqlanadi. |
Kosher | KSML | Kosher taom pishirish qoidalariga rioya qilingan holda tayyorlanadi, qadoqda kashrutga muvofiqlik belgisi mavjud. |
Spirtli ichimliklar.
Xohishingizga ko‘ra, xodimlarimiz sizga spirtli ichimliklar tanlashni taklif etadi: shampan vinosi, pivo, aroq, viski, konyak, oq va qizil vino.
“Uzbekistan Airways” havo kemalarida Fransiya va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan vinolar taqdim etiladi.
Toshkent - Nyu-York - Toshkent yo‘nalishidagi reyslarda asosiy taomnomadan tashqari issiq nonushta ham taklif etiladi. Sabzavot yoki qo‘ziqorinli omlet, tvorog bilan tayyorlangan yumshoqqina sirniklar yoki quymoqlarga buyurtma berishingiz mumkin.
Biznes klass taomnomasining taqdim etilgan tarkibi “Uzbekistan Airways” AJ tashabbusi bilan istalgan hajmda va istalgan vaqtda veb-saytda qo‘shimcha ma’lumotlar chop etilmasdan o‘zgartirilishi mumkin.
Reysdagi taomnoma tarkibi haqidagi dolzarb ma’lumotni havo kemasi bortidagi bortkuzatuvchilardan olishingiz mumkin.