Ekonom klass
Ulashing
Parvoz davomiyligi 2 soatgacha bo‘lgan reyslarda yo‘lovchilarga qadoqlangan suv taqdim etiladi.
Parvoz davomiyligi 2 soatdan ortiq bo‘lgan reyslarda, issiq taomni o‘z ichiga olgan oziq-ovqat taklif etiladi.
Parvoz davomiyligi 2 soat va undan ortiq bo‘lgan reyslar taomnomasi:
- Go‘shtli yaxna taom*
- Sabzavotli salat yoki sabzavotli yaxna taom
- Mol yoki tovuq go‘shtli issiq taom
- Yangi non va/yoki bulochka
- Ma’danli suv, yaxna ichimliklar
- Issiq ichimliklar: qora, ko‘k choy, eruvchan qaxva
- Shirinlik**
Maxsus oziq-ovqat turlari
Nomlanishi | Kod | Rasion tavsifi |
Parhez oziq-ovqatlar | ||
Tarkibida kleykovina bo‘lmagan oziq-ovqat (Gluten-free meal) | GFML | Kleykovina va o‘simlik oqsili bo‘lmagan ovqat, sut mahsulotlari va bug‘doy, javdar, arpa, suli mahsulotlari chiqarib tashlangan. |
Parhez oziq-ovqatlar | ||
Diabetik taomnoma | DBML | Qovurilgan mahsulotlar, tarkibida yuqori fruktoza, shakar mavjud boʻlgan mahsulotlar, yogʻli mahsulotlar roʻyxatdan chiqarilgan |
Bolalar oziq-ovqati | ||
Bolalar oziq-ovqati (Child meal) | CHML | 2 yoshdan katta bolalar uchun oson chaynaladigan yumshoq taom, oziq-ovqat mahsulotlari oson identifikatsiyalanadi. |
Jain taomlari | ||
Jain taomlari | JNML | Vegetarian taomlar faqat yer ustida o‘sadigan meva va sabzavotlarni, shu jumladan tofu, yormalarni o‘z ichiga oladi. Bu ovqatlanishda ildizmevalilar: kartoshka, sabzi, lavlagi va boshqalar chiqarib tashlangan. |
Vegetarian taomlar | ||
Osiyo vegetarian (Asian vegetarian meal) | AVML | Sut mahsulotlaridan cheklangan miqdorda foydalanish bilan, osiyo ziravorlari qo‘shilgan go‘sht va baliqsiz taom. |
Qat’iy vegetarian (Vegetarian Meal) | VGML | Go‘sht, baliq, tuxum, sut va sut mahsulotlari to‘liq chiqarib tashlangan qat’iy vegetarian oziq-ovqat. |
Xom vegetarian oziq-ovqat (Raw vegetarian meal) |
RVML | Kulinar ishlov berilmagan, xom sabzavot va mevalar. |
Sut mahsulotli vegetarian (Vegetarian lacto-ovo meal) | VLML | Sut va tuxumdan tayyorlangan vegetarian oziq-ovqat. |
Mevali oziq-ovqat | FPML | Yangi mevalar. |
Diniy e‘tiqodlarni hisobga olib ishlab chiqilgan oziq-ovqat | ||
Induist novegetarian (Hindu) (Hindu meal) | HNML | Hushta'm va achchiq taom, tarkibida mol go‘shti, buzoq go‘shti, cho‘chqa go‘shti bo‘lmaydi, qo‘y, parranda, baliq, sut bo‘lishi mumkin. |
Islomiy (Moslem meal) | MOML | Cho‘chqa go‘shti, jelatin, spirtli ichimliklar qo‘llash taqiqlanadi. |
Kosher | KSML | Kosher taom pishirish qoidalariga rioya qilingan holda tayyorlanadi, qadoqda kashrutga muvofiqlik belgisi mavjud. |
* parvoz 8 soatdan ortiq bo‘lgan reyslarda
**parvoz 6 soatdan ortiq bo‘lgan reyslarda
Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishidagi reyslarda ikki martalik issiq taom taklif etiladi.