Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

“Family” – oilaviy dasturida ishtirok etish qoidalari va shartlari

Ulashing

Individual Dastur Ishtirokchilari - shaxsiy hisob egalari “Family” - oilaviy dasturining ishtirokchilari bo‘lishlari mumkin. Oilaviy dastur hisobining sohibi - individual dastur ishtirokchisi bo‘lgan va nomiga “Family” oilaviy dasturining hisobi ochilgan shaxs hisoblanadi.

“Family” oilaviy dasturining hisob egasi o‘zining hisobiga ishtirokchilarni – o‘zining oila a’zolarini kiritadi. Oilaviy dasturda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan oila a‘zolariga er, xotin, farzandlari va hisob sohibining ota-onalari kiradi. Hisob sohibining boshqa oila a’zolariga dasturda ishtirok etish huquqi taqdim etilmaydi.

“Family” dasturida hisob ochish uchun shaxsiy Dasturning doimiy ishtirokchisi “UzAirPlus” xizmatiga yoki eng yaqinda joylashgan AJ Vakolatxonasiga yoxud plus@uzairways.com va uzairplus@uzairways.com E-mail elektron pochta manzillari orqali ariza bilan murojaat qilishi kerak. Oilaviy dastur ishtirokchisini ro‘yxatga olish oila a’zolarining shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarining (pasportlar, ID kartalarning), farzandlarining/sohibining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari yoki vasiylik/homiylik yoxud o‘g‘il/qiz asrab olish to‘g‘risidagi guvohnomalarining, shuningdek, nikoh tuzilganligi haqida guvohnomalarining (yoki rasmiy nikoh tuzilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning) asl/skanerlangan nusxalari taqdim etilganidan keyin amalga oshiriladi.

Oilaviy hisob sohibi hisoblangan ishtirokchining shaxsiy hisobi bekor qilingan yoki yopilgan taqdirda, uning oilaviy dasturdagi hisobi ham bekor qilinadi va ballari nolga tenglashtiriladi.

Shaxsiy hisobning har bir egasi, faqat bitta oilaviy hisob raqamini ochish huquqiga ega.

“Family” dasturining ishtirokchisi bo‘lgan har bir oila a’zosiga shaxsiy hisobga ega bo‘lish huquqi beriladi. Shu bilan bir qatorda, oilaviy hisobdagi sovrinli ballarning egasi va boshqaruvchisi, oilaviy hisobning sohibi hisoblanadi va hisob uning nomiga ochiladi.

“Family” dasturi hisobida mukofot ballarini to‘plash huquqiga bir vaqtning o‘zida “UzAirPlus” shaxsiy dasturining ishtirokchilari bo‘lgan barcha oila a’zolari ega. Shu bilan bir qatorda, oila a’zolari bo‘lgan shaxsiy hisob egalarining - “Family” dasturi ishtirokchilarining foydalanilgan aviachiptalari bo‘yicha ballarni kiritish, ishtirokchining ixtiyori bo‘yicha uning shaxsiy hisobiga yoki “Family” dasturidagi hisobiga o‘tkaziladi. Ballar individual ishtirokchi aviachiptani bron qilish va rasmiylashtirishda ko‘rsatgan hisobiga yig‘iladi.

Shuningdek, “Family” hisobiga sovrinli ballarni to‘plash, “Family” dasturidagi hisob egasiga tegishli bo‘lgan shaxsiy hisobdan ballarni o‘tkazish orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

“Family” dasturi hisobida yetarli ballar miqdori to‘plangan holatlarda, hisob egasining topshirig‘i bo‘yicha mukofotli xizmatlar hisob egasining hisobida yoki oilaning boshqa bir a’zosining hisobida rasmiylashtirilishi mumkin.

“Family” dasturi ishtirokchilarini mukofotlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • Mukofotli aviachipta taqdim etish;
  • xizmat ko‘rsatish klassini mukofot tariqasida oshirish;
  • ishtirokchi tomonidan to‘plangan/sotib olingan sovrinli ballar bilan qo‘shimcha bepul bagaj tashish me’yorlari haqini to‘lash.

Bir vaqtning o‘zida “Family” dasturi ishtirokchisi bo‘lgan “Gold” va “Silver” darajalariga yetgan shaxsiy hisob egalarining imtiyozlari “Family” dasturida ro‘yxatdan o‘tgan boshqa oila a’zolariga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Family” dasturi statusli darajalarga ega emas.

“Family” dasturida ro‘yxatdan o‘tgan hamrohsiz yosh bolalarni tashish uchun mukofot aviachiptalari rasmiylashtirilmaydi.

Oilaviy hisobda to‘plangan sovrinli ballardan qatnovda parvoz amalga oshirilgan vaqtdan boshlab 36 oy davomida foydalanish mumkin.