Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Imtiyozlar va chegirmalar

Ulashing

3

Hozirgi vaqtda "Uzbekistan airways" AJ qatnovlarida  quyidagi chegirmalar va imtiyozlar amal qiladi

100% -chegirma:

- Sovet Ittifoqi qahramonlari, Shuhrat ordeni sohiblariga bir yilda bir marta (borib kelish) qahramonlik guvohnomasi, orden kitobi asosida joriy yil uchun.

100% -chegirma kelishuvga ko‘ra yil davomida:

- UVU nogironlarga,nogironlik guvohnomasi va havo transporti uchun berilgan ikkita talon (joriy yil va oldingi yil uchun  yoki joriy va keyingi yil uchun) asosida.

- UVU 3-guruh nogironlariga, UVU 3-guruh nogironi guvohnomasi va havo transporti uchun berilgan ikkita talon (joriy yil va oldingi yil uchun  yoki joriy va keyingi yil uchun) asosida.

- UVU qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, tegishli guvohnoma va havo transporti uchun berilgan ikkita talon (joriy yil va oldingi yil uchun  yoki joriy va keyingi yil uchun) asosida.

- UVU 1-guruh nogironini kuzatib borish uchun, UVU 1-guruh nogironlariga ularning kuzatib boruvchilari uchun berilgan tegishli guvohnoma va havo transporti uchun berilgan ikkita talon (joriy yil va oldingi yil uchun  yoki joriy va keyingi yil uchun) asosida.

 50% - chegirma kelishuvga ko‘ra yil davomida:

- UVU nogironlarga,nogironlik guvohnomasi va havo transporti uchun berilgan talon  (joriy yil uchun) asosida.

- UVU 3-guruh nogironlariga, UVU 3-guruh nogironi guvohnomasi va havo transporti uchun berilgan talon (joriy yil uchun) asosida.

- UVU qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, tegishli guvohnoma va havo transporti uchun berilgan talon (joriy yil  uchun) asosida.

- UVU 1-guruh nogironini kuzatib borish uchun, UVU 1-guruh nogironlariga ularning kuzatib boruvchilari uchun berilgan tegishli guvohnoma va havo transporti uchun berilgan talon (joriy yil uchun) asosida.

O‘quvchilar va O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘linmalari talabalariga

iqtisodiy klass tariflaridan 50 % chegirma, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992- yil 22- dekabrdagi PF-517–sonli Farmoniga asosan har yili 28 -dekabrdan 10- yanvargacha bo‘lgan davrda beriladi. Ushbu  chegirmafaqatgina iqtisodiy klass normal tarifidan (Y) beriladi.

Bolalar uchun chegirmalar AK barcha qatnovlarida qo‘llaniladi:

  • 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun - 90 % alohida joy ajratilmagan holda, iqtisodiy va biznes klassning barcha tariflaridan;
  • 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun alohida joy ajratilgan holda  va  2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan kuzatib boriladigan bolalar uchun – qo‘llanilayotgan iqtisodiy klass tarifining turiga 25%.
1-oktabrdan 15-mayga qadar imtiyoz 50% - chegirma kelishuvga ko‘ra

imtiyozning amal qilish muddati tugagach keyingi tashuvlar umumiy asoslarda amalga oshiriladi:

  •  UVU  1/2/3 –guruh nogironlariga, UVU  1/2/3 –guruh nogironining tegishli guvohnomasi asosida.
  •  UVU 1-guruh nogironini kuzatib borish uchun, UVU 1-guruh nogironining tegishli guvohnomasi asosida.