Yaponiya qonun hujjatlariga muvofiq chet ellik jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo'lgan mamlakatga olib kirilayotgan yuk va shaxsiy narsalar bojxona ko'rigidan o'tkazilishi lozim. Chet el fuqarolari soddalashtirilgan tartibda bojxona nazoratidan o'tadilar. “Yashil” va “qizil” yo'lak deb ataluvchi tizim nazarda tutiladi. Yuki bo'lmagan yoki bojxona boji undirilmaydigan narsalari bo'lgan yo'lovchilar “yashil” yo'lakdan o'tadilar. Bagajida deklaratsiyalanishi lozim bo'lgan narsalari yoki Yaponiyaga olib kirilishi cheklangan yoxud taqiqlangan tovarlari bo'lgan yo'lovchilar “qizil” yo'lakdan o'tadilar.Yaponiyada amalda bo'lgan bojxona qoidalari bilan Yaponiya bojxonasining ingliz tilidagi yoki rus tilida pdf formatdagi sayti orqali batafsil tanishib olish mumkin.
1. Spirtli ichimliklar va sigaretlar: Bojxona qoidalari cheklangan miqdordagi alkogol ichimliklari va tamaki mahsulotlarining mamlakatga bojsiz olib o'tilishini nazarda tutadi. Uch shisha spirtli ichimlik (har biri 760 mldan ortiq bo'lmagan), 200 donagacha sigaret , 100 dona sigara va 500 gdan ortiq bo'lmagan tabakning har xil turlarini olib kirishga ruxsat beriladi. Alkogol va tamaki mahsulotlarini olib kirish qoidalari voyaga etgan (Yaponiya qonun hujjatlari bo'yicha – 20 yoshga to'lgan ) shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
2. Zargarlik va qimmatbaho ziynat buyumlari Zargarlik va qimmatbaho ziynat buyumlariga ham xuddi shunday qoidalar tatbiq etiladi (“shaxsiy narsalar” bandiga qarang).
3. Qurol yarog' va o'q-dorilar:Olib kirish taqiqlanadi : - sovuq va o'q otar qurollar, ularning qismlari hamda detallari; - o'q dorilar va portlovchi moddalar (dinamit, porox va boshqalar), portlovchi moddalar ishlab chiqarish uchun xomashyo.
4. Valyuta. Yaponiyadan chiqib ketishda 1 mln. iendan ortiq bo'lmagan miqdorda milliy valyuta olib chiqilishiga ruxsat beriladi. Ko'proq miqdordagi pul mablag'ini olib chiqish uchun Moliya vazirligining ruxsatini olish zarur. Tegishli jarayonlar uchish aeroportida to'g'ridan-to'g'ri o'tkazilishi mumkin. Xorijiy valyuta, turistik cheklar va kredit kartalarining olib chiqilishiga cheklovlar yo'q. Sootvetstvuyuщaya protsedura mojet bt provedena pryamo v aeroportu vleta. Ogranicheniy na vvoz inostrannoy valyut, turisticheskix chekov i kreditnx kart ne imeetsya.
5. Avtomobillar va boshqa mulk. Uzoq (bir yildan ortiq) muddatga Yaponiyaga borilganda shaxsiy foydalanish uchun avtomobil, qayiq va boshqa transport vositalari, shuningdek mebel va boshqa uy-joy mulki, bojxona organlariga ushbu predmetlar Yaponiyaga kirishdan bir yil avval sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda , bojsiz olib kirishga ruxsat beriladi.Yaponiyadan iste'mol solig'idan ozod etilgan mahsulotlarni olib chiqishda xaridor xarid paytida rasmiylashtirilgan tovarlarning olib chiqilishini tasdiqlovchi hujjatni bojxonaga topshirishi lozim.Bojxona xodimlari bojsiz sotib olingan tovarni taqdim etilishini talab qilishlari mumkin.
6. Dori preparatlari. Shaxsiy foydalanish uchun mo'ljallangan dori preparatlarining mamlakatga olib kirilishi cheklangan. Xususan, ichish uchun 2 oyga mo'ljallangan va sirtdan surish uchun 24 o'ramdan ortiq bo'lmagan dorilarni olib kirishga ruxsat beriladi. Ruxsat berilganidan ortiq miqdorda Yaponiyaga olib kirilgan dori preparatlari musodara qilinadi.
7. Oziq-ovqat tovarlari. Iste'mol guruchini olib kirish cheklangan (chegaralangan) (bir odamga bir yil mobaynida 100 kgdan oshmasligi lozim).Qora ikrani bojsiz olib kirish cheklangan, bir odamga 200 g.
8. Shaxsiy narsalar. Chet el fuqarolari tomonidan faqat shaxsiy iste'mol uchun va mamlakat hukumati tomonidan chet ellikning Yaponiyada bo'lish vaqtini hamda mutaxassisligini hisobga olgan holda o'rnatilgan miqdorda olib kirilgan predmetlar yig'imlarni to'lashdan ozod etiladi. .Chet elda ishlab chiqarilgan boshqa tovarlar ularning umumiy qiymati bir odamga 200 ming iendan oshmagan hollarda olib kiriladi.
9. Yaponiyaga olib kirish taqiqlanadi: - ommaviy ziyon keltiradigan qurollarni ishlab chiqarishda foydalanadigan kimyoviy moddalar va biologik materiallar;- narkotiklarning barcha turlari va psixotrop moddalar, shuningdek ularni ishlab chiqish va iste'mol qilish uchun vositalar;- qalbaki qimmatli qog'ozlar va qog'oz pullar; - axloqsizlik mazmunidagi, bolalar pornografiyasi bo'lgan kitoblar, jurnallar, rasmlar va gravyuralar knig, jurnalov, risunkov i gravyur, - jamoat tartibini buzadigan (zo'ravonlikka, ommaviy chiqishlarga va davlat hukumatini ag'darishga da'vat etuvchi bosma nashr
- intellektual mulkka (savdo markalari, mualliflik va patentlik huquqi) ziyon etkazuvchi predmetlar va soxta tovar buyumlari. Quyidagi urug' va o'simliklarning olib kirilishi taqiqlanadi: - ayrim turdagi kartoshkaning tugunaklari; - sholi, sholi poxoli, shuningdek sholi poxolidan tayyorlangan narsalar (bo'yra, qoplar, sholchalar va ); - ba'zi mevalar plodov nekotorx fruktov (o'rik, gilos, olcha, olxo'ri, shaftoli, nok, behi, yong'oq);- poxollar va Hordeum, Triticum i Secale o'simliklarining barglari solom i listev rasteniy Hordeum, Triticum i Secale (shuningdek, o'rash uchun materiallar ko'rinishidagi poxollar va undan tayyorlangan shunga o'xshagan tovarlar) , shuningdek g'allasimon o'simlik barglari va poxoli
Yaponiyaga Amerika va Yevropadan (svejego) hayvon go'shti hamda undan tayyorlangan yarimfabrikatlar, shuningdek xalqaro standart sertifikati («Animal Health Certificate») bo'lmagan, tez ayniydigan go'sht mahsulotlarini olib kirish butunlay taqiqlanadi Bu xususda batafsil ma'lumotni ingliz tilidagi Animal Quarantine Service saytidan olish mumkin.