Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Maxsus oziq-ovqat

Ulashing

spec

Gastronomik extiyojlariga, e‘tiqodiga yoki tibbiy ko‘rsatmalariga ko‘ra, xalqaro reysga aviachipta bron qilish yoki xarid qilishda yo‘lovchi maxsus oziq-ovqatga buyurtma berishi mumkin.

Oziq-ovqat buyurtma qilishda, so‘rovnoma bron tizimi tomonidan tasdiqlanganligiga ishonch hosil qilish lozim.

Aviakompaniya veb-sayti orqali aviachiptalarni xarid qilishda, kerakli maxsus oziq-ovqat rasionining kodini o‘zingiz ko‘rsatishingiz mumkin.

Maxsus oziq-ovqat buyurtmasi uchun qo‘shimcha haq undirilmaydi.

specialalt

Muhim!

  • Maxsus oziq-ovqatga buyurtma, parvozdan kamida 48 soat oldin berilishi kerak.
  • Bronga o‘zgartirishlar kiritilgan holatda, maxsus oziq-ovqatlarga qayta buyurtma berish kerak.

Toshkent shahri I.Karimov nomidagi aeroportdan “Uzbekistan Airways” AJ reyslarida uchishda taklif etilayotgan assortimentdan istalgan turdagi maxsus oziq-ovqatni buyurtma qilishingiz mumkin.

Boshqa shaharlardan uchishda bazi cheklovlar amal qiladi.

Maxsus oziq-ovqat turlari

Nomlanishi

Kod

Rasion tavsifi

Parhez oziq-ovqatlar

Tarkibida kleykovina bo‘lmagan oziq-ovqat (Gluten-free meal)

GFML

Kleykovina va o‘simlik oqsili bo‘lmagan ovqat, sut mahsulotlari va bug‘doy, javdar, arpa, suli mahsulotlari chiqarib tashlangan.

Parhez oziq-ovqatlar

Diabetik taomnoma

DBML

Qovurilgan mahsulotlar, tarkibida yuqori fruktoza, shakar mavjud boʻlgan mahsulotlar, yogʻli mahsulotlar roʻyxatdan chiqarilgan

Bolalar oziq-ovqati

Bolalar oziq-ovqati (Child meal)

CHML

2 yoshdan katta bolalar uchun oson chaynaladigan yumshoq taom, oziq-ovqat mahsulotlari oson identifikatsiyalanadi.

Vegetarian taomlar

Osiyo vegetarian (Asian vegetarian meal)

AVML

Sut mahsulotlaridan cheklangan miqdorda foydalanish bilan, osiyo ziravorlari qo‘shilgan go‘sht va baliqsiz taom.

Qat’iy vegetarian (Vegetarian Meal)

VGML

Go‘sht, baliq, tuxum, sut va sut mahsulotlari to‘liq chiqarib tashlangan qat’iy vegetarian oziq-ovqat.

Xom vegetarian oziq-ovqat (Raw vegetarian meal)

           

RVML

Kulinar ishlov berilmagan, xom sabzavot va mevalar.

 

Sut mahsulotli vegetarian (Vegetarian lacto-ovo meal)

VLML

Sut va tuxumdan tayyorlangan vegetarian oziq-ovqat.

 

Mevali oziq-ovqat     

FPML

Yangi mevalar.

Diniy e‘tiqodlarni hisobga olib ishlab chiqilgan oziq-ovqat

Induist novegetarian (Hindu) (Hindu meal)

HNML

Hushta'm va achchiq taom, tarkibida mol go‘shti, buzoq go‘shti, cho‘chqa go‘shti bo‘lmaydi, qo‘y, parranda, baliq, sut bo‘lishi mumkin.

 

Islomiy (Moslem meal)

MOML

Cho‘chqa go‘shti, jelatin, spirtli ichimliklar qo‘llash taqiqlanadi.

Kosher

KSML

Kosher taom pishirish qoidalariga rioya qilingan holda tayyorlanadi, qadoqda kashrutga muvofiqlik belgisi mavjud.

  • Agar siz “Kod-sher” kelishuvi bo‘yicha hamkorimiz tomonidan amalga oshiriladigan qo‘shma bajariladigan reysga aviachipta bron qilgan bo‘lsangiz, buyurtma berish va maxsus oziq-ovqat taqdim etilishi bo‘yicha dolzarb ma’lumotlarni tashuvchining internet-saytida aniqlashingiz mumkin.

“Uzbekistan Airways” AJ hamkor-aviakompaniyalar ro‘yxati

Muvofiqlik hujjatlari

Sertifikatlar