Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Normativ ma’lumotnomalar bo‘limi mutaxassisi

Ulashing

Sana: 14.08.2024

Ish beruvchi: Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.

Bo‘linma: IT infratuzilma, raqamlashtirish va kiberxavfsizlik boshqarmasi.

Stavka: 1,00.

Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.

Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.

Bandlik shakli: to‘liq bandlik.

Ish rejimi: to‘liq ish kuni.

Talablari:

  • Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi.
  • Tugallangan oliy ma’lumot: IT mutaxassisliklari bo‘yicha.
  • Lavozim vazifalarini bajarishga yetarli darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
  • Shu kabi lavozimda ish tajribasi – 3 yildan kam emas.
  • Normativ-ma’lumotnoma hujjatlar, ma’lumotnomalarni tayyorlash asoslarini bilish.
  • Axborot texnologiyalari va fuqarolik aviatsiyasi, shuningdek tegishli sohalarga oid atamalar va tushunchalarni bilish.

Vazifalari:

  • Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:
  • Ma’lumot manbalari tizimlarini tahlil qilish;
  • Axborot tizimlarida me’yoriy-ma’lumotlar bazalarini faol holatda saqlash;
  • Ichki me’yoriy hujjatlarga muvofiq, nomenklaturalarni kiritish bo‘yicha foydalanuvchilarning so‘rovlarini tahlil qilish va ekspertizadan o‘tkazish;
  • Asosiy ma’lumotlarni yangilash bo‘yicha foydalanuvchi so‘rovlarini qayta ishlash – yangi katalog elementlarini yaratish, mavjudlarini moslashtirish;
  • Normallashtirish uchun qabul qilingan katalog yozuvlari tasnifini aniqlashtirish;
  • Ma’lumotnomalar yozuvlari nomlarini standartlashtirilgan shaklga keltirish;
  • Toifalar (sinflar) shablonlariga muvofiq yozuv xarakteristikalarini to‘ldirish;
  • Ma’lumotnoma ma’lumotlarini yuritish bo‘yicha ishlarni tartibga soluvchi hujjatlar va yo‘riqnomalarni ishlab chiqishda ishtirok etish, ma’lumotnoma ma’lumotlari bilan ishlashda foydalanuvchilarni texnik va uslubiy ta’minlash;
  • Foydalanuvchilarga asosiy ma’lumotlarni boshqarish vositalaridan foydalanish bo‘yicha ta’lim va maslahatlar berish;
  • Aksiyadorlik jamiyatining xorijdagi tarkibiy bo‘linmalari va vakolatxonalarida shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish va boshqalar.
  • Va b.

Ish sharoitlari:

  • Rasmiy ishga joylashish.
  • 5 kunlik ish haftasi, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
  • O‘z vaqtida, barqaror ish haqi.
  • Sinov muddati: 3 oy.

Asosiy ko‘nikmalar:

  • O‘zbek tili – C2 – mukammal daraja
  • Rus tili – C2 – mukammal daraja
  • Ingliz tili – C1 – ilg‘or daraja
  • Normativ-ma’lumotnoma hujjatlar
  • Ma’lumotnomalar, klassifikatorlar tuzish
  • Savodli og‘zaki va yozma nutq

Rezyume ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron manzilga yuborilsin:

Alexey.Kirillov@uzairways.com

Erkin.Alimov@uzairways.com