Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Buyuk ipak yo‘li va O‘zbekiston

Ulashing

Buyuk ipak yo‘li va O‘zbekiston

2020 14 Sentabr

Qadim zamonlarda Evrosiyo xududida ko‘pdan ko‘p quruqlikdagi yo‘llar mavjud bo‘lgan, ammo faqat ulardan birigina Sharqiy Osiyo va O‘rtayer dengizini birlashtirgan, bosh karvon yo‘liga aylana olgan. Faqat ugina bizgacha va bugungi kungacha etib kelgan afsona bo‘la olgan va faqat uning tomirida “ipak qoni” barx urgan.





Toshkentning diqqatga sazovor joylari

Hozirgi O‘zbekistonning ko‘p qirrali poytaxti, respublika madaniy va siyosiy hayotining markazi. Toshkentning diqqatga sazovor joylari o‘zining hilma-hilligi bilan hayratda qoldiradi, bular: 2200 yillik tarixga ega zoroastrizm davrining arxeologik yodgorliklari, o‘rta asrga taalluqli arxitektura shox asarlari, XIX asr oxirlarining monumental saroylari, va xozirgi zamonning chiroyli binolari.



Samarqandning diqqatga sazovor joylari

Qadimgi Buyuk ipak yo‘lining yuragi ulug‘ sarkarda Amir Temur imperiyasining poytaxti bo‘lmish - Samarqandda urgan. U O‘zbekistonning eng taniqli shaxarlaridan bo‘lib, 2750 yildan ortiq boy tarixga ega.



Buxoroning diqqatga sazovor joylari

Qadimgi sharq yerining vaqt bilan deyarli tegilmagan boy arxitektura me’rosi. Arxitektura va madaniy yodgorliklari, maydonlar, qo‘rg‘onlar, qadimgi shaxarlar xarobalari – mana tarixning toshga o‘yib yozilgan sahifalari. Aynan shu shaxar orqali Yaqin va O‘rta sharq davlatlarini Hindiston va Xitoy bilan bog‘lagan Buyuk ipak yo‘li o‘tgan.



Termizning diqqatga sazovor joylari

Afsonaga ko‘ra Termiz shaxriga Baqtriya davlatining birinchi podishohi – Zoroastr asos solgan. Termiz o‘z atrofiga Kushon saltanati davridan boshlab (b.e.gacha I asr) xar hil tarixiy va arxitektura yodgorliklarini to‘plagan.Bular: O‘zbekiston xududidagi eng qadimiy buddizm imoratlaridan bo‘lgan Dalverzintepa qadimgi shaxri, hamda Qoratepa va Zurmala buddizm o‘g‘iridir.



Xivaning diqqatga sazovor joylari

Xiva – qadimgi Xorazmning eng asosiy shaxarlaridan biri va hozirgi O‘zbekistonning Ichan qala (ichki shaxar) nomli butun boshli o‘rta asr shaxrini qo‘l tekkizilmagan holda saqlab qolgan birdan bir shaxridir



Navoining diqqatga sazovor joylari

Samarqand va Buxoro oralig‘idagi qadimgi karvon yo‘lida o‘rta asr manbalariga ko‘ra Raboti Malik sifatida mashxur bo‘lgan, bir paytlar muxtasham inshoot hisoblangan – Karvon-saroy joylashgan. Nurota majmuasi O‘rta Osiyo mintaqasining “Jannat chashmasi” deb ataluvchi eng katta tabiiy chashma atrofida tashkil topgan.



Qo‘qonning diqqatga sazovor joylari

Ma’lumki, To‘ron xonliklarining xar biri o‘zining buyuk o‘rdalariga ega bo‘lgan. Shunday arxitektura yodgorliklaridan biri oxirgi Qo‘qon xoni Xudoyor xonning o‘rdasi hisoblanadi. Daxmai shoxon (Shoxlar maqbarasi) – Norbo‘taboy va uning avlodlari dafn qilingan joy.



Qoraqalpog‘istonning diqqatga sazovor joylari

Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida joylashgan, dafn va xotirlash majmuasi. Mahaliy naqllariga ko‘ra bu erda Payg‘ambar ummatlaridan biri Uvays Qoroniy dafn etilgan.