Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

7-dekabr – Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni

2022 7 Dekabr
Ulashing

Har yili 7-dekabr Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni sifatida nishonlanadi. Mazkur bayramning tashabbuskori Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti bo‘lib, u xalqaro miqyosda parvozlar, aviatsiya xavfsizligi, samaradorligi va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan xalqaro standartlar va qoidalarni belgilab beradi, shuningdek a’zo davlatlar o‘rtasida fuqaro aviatsiyasining barcha sohalarida hamkorlik qilish vositasi hisoblanadi.

1992-yilda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi tashkil etilib aviatorlar mamlakatimizning ICAOga a’zo bo‘lish uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘ra boshlashdi.  Qisqa davr mobaynida ko‘plab kompleks tayyorgarlik chora-tadbirlari amalga oshirildi.  

1992-yilning 12-noyabrda O‘zbekiston tomonidan Chikago konventsiyasining imzolanishi va mamlakatning ICAOga to‘liq qo‘shilishi muhim voqea sifatida aviakompaniya tarixidan munosib joy egalladi.

Ish faoliyatining ilk kunlaridanoq aviakompaniya o‘zi uchun xavfsiz parvozlarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ydi. va bu, o‘z navbatida, zamonaviy avialaynerlar va yuqori malakali mutaxassislarni talab qiladi. Aviakompaniya ushbu yo‘nalishlarda bugungi kunda ham faol ish olib bormoqda. Fuqaro aviatsiyasiga xolis xizmat qilishda “Uzbekistan Airways” AJ havo kemalari necha yildirki ulkan xissa qo‘shib kelmoqda. Hozirgi kunda aviakompaniya parkida Boeing 757, Boeing 767, Airbus 320/320Neo, Boeing 787 Dreamliner hamda Airbus A321Neo kabi havo kemalari modellari mavjud.

Uzbekistan Airways aviaparki o‘tmishiga nazar soladigan bo‘lsak unda eslashga arzirli sanalar kam emas. 1993-yili aviakompaniya o‘zining ilk Airbus А310 havo kemasini va 1994-yili esa shu modeldagi samolyotning ikkinchi nusxasini qabul qilib oldi. 1996-2004 yillarda aviakompaniya aviaparki Boeing 757 va Boeing 767 bilan to‘ldirildi. 2011-yil Uzbekistan Airways ilk bor Airbus А320 havo kemasini sotib oldi. 2012-2014 yillar oralig‘ida esa havo parki 2ta Boeing 767 va 2ta Boeing 767-300BCF yuk tashuvchi havo kemalari bilan to‘ldirildi.

2016-yilning sentyabr oyidan aviakompaniya o‘zining eng birinchi Boeing 787-8 Dreamliner havo kemasini kutib oldi. Bu esa Uzbekistan Airways’ning dunyo bo‘ylab xalqaro yo‘nalishlarini kengaytirishga imkon yaratdi. Shu yilning noyabr oyida ham aviakompaniya ikkinchi “orzu-laynerini” qabul qildi. 2018-yilda uchinchi “Boeing 787 Dreamliner” samolyotini ekspluatatsiya qilishni boshladi. 2021-yil may oyiga kelib esa Uzbekistan Airways aviaparkida Boeing 787 Dreamliner soni oltitaga yetdi.

Shu yili Uzbekistan Airways va Airbus o‘rtasida bir qator hujjatlar imzolandi. Airbus oilasining 12 ta yangi samolyotini sotib olish bo‘yicha 2029-2030 yiilarda yetkazib berish sharti bilan kelishuvga erishildi. Havo parkini yangi Airbus havo kemalari bilan toʻldirish aviakompaniyaga yangi yoʻnalishlarni ochish, avvalgi mashhur boʻlgan yoʻnalishlarni qayta tiklash imkonini beradi. Joriy yilning dekabr oyida Uzbekistan Airways kelishuvga binoan yana ikkita Airbus A321Neo havo kemasini qabul qilib olishni va kompaniya o‘ziga xos yilni aviaparkida 5 ta yangi zamonaviy avialaynerlar bilan to‘ldirilgan holda yakunlashni rejalashtirmoqda.

Havo kemasi uchib ketishidan boshlab o‘z manziliga xavfsiz va hech qanday talofatlarsiz yetib borishida katta jamoa – yuqori malakali mutaxassislar ish olib boradi. Biz har kuni fuqaro aviatsiyasiga, shuningdek, mamlakatimizning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan barcha aviatsiya xodimlarini tabriklaymiz. Har doim yangi marralarni kashf etishingizda tilakdoshmiz.

 

 

PDF-ni yuklab oling