Fuqaro havo kemalari parvozlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida, 2024-yil 2-oktabrdan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasi agentligining ko‘rsatmasiga muvofiq, Uzbekistan Airways Iroq havo hududi va Eron havo hududining g‘arbiy qismini aylanib o‘tgan holda, aniq ko‘rsatmaga qadar muntazam parvozlarni amalga oshirishini ma’lum qiladi.
Ta’kidlash joizki, Uzbekistan Airways parvozlarning maksimal xavfsizligini ta’minlash uchun muqobil yo‘nalishlardan foydalangan holda Toshkent - Tel-Aviv - Samarqand/Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni davom ettiradi.