HY9628 reysi (Moskva (Vnukovo) – Farg‘ona yo‘nalishi), A320 (A-32A/32015) bortidagi samolyot, bir yo‘lovchining ahvoli yomonlashgani sababli soat 13:00 da (Toshkent vaqti bilan) Samara shahridagi zaxira aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi.
Yo‘lovchi va uning bagaji reysdan tushirildi, va tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga yetkazildi.
Shundan so‘ng, samolyot o‘z parvozini belgilangan manzil — Farg‘ona aeroportiga davom ettirdi.