Suvarnabhumi xalqaro aeroporti (Bangkok) Uzbekistan Airways vakolatxonasi bilan hamkorlikda HY532 Bangkok – Toshkent aviaqatnovining yo‘lovchilarini O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi bilan tabrikladi!
Aeroport xodimlari an’anaviy do‘ppilar kiygan holda, O‘zbekiston bayrog‘i va suvenirlar bilan bezatilgan ro‘yxatdan o‘tish ustunlari oldida yo‘lovchilarni kutib olishdi. Parvoz ekipaji uchun bayramona tort ham tayyorlandi.