Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Batumida o‘tkazilgan birinchi media-tur natijalari

2022 21 Iyun
Ulashing

“Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyati Batumi shahrida Adjara Respublikasining (Gruziya) dam olish tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikda OAV xodimlari, blogerlar va influyenserlar uchun media-tur tashkil etdi. Shuni ta’kidlash kerakki, aynan shu kuni Batumida yozgi sayyohlik mavsumining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Media-tur ishtirokchilari shaharda konsert dasturlari, shoular va feyerverk tomosha qilishdi.  

Birinchi media-tur ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar bilan bevosita aloqa o‘rnatish, ikki mamlakatning fuqarolari mobillik darajasini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Ta’kidlash joizki, 2022-yil 21-maydan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent – Batumi – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlagan edi. Batumi – Qora dengiz sohilida joylashgan, Turkiya bilan chegaradosh va Gruziyaning eng maftunkor hududi bo‘lgan Adjariya Avtonom Respublikasining poytaxtidir. Adjariya qadimiy yodgorliklari, ajoyib tabiati, quyoshi va go‘zal plyajlari, milliy bog‘lari va viqorli tog‘lari bilan sayyohlarni o‘ziga tortadi.   

Birinchi kuni Adjara Turizm va kurortlar departamenti xalqaro turizmni rivojlantirish xizmati rahbari Mixail Kopladze media-tur ishtirokchilari uchun Batumi shahrining sayyohlik salohiyati haqidagi taqdimotni o‘tkazdi. U Toshkent va Batumi o‘rtasida aviaqatnovning ochilishi turizm sohasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga katta turtki berishini ta’kidladi, shuningdek Gruziya tomoni O‘zbekistondan sayohatchilar kelishlariga katta qiziqishi va u bundan doim xursandligini ta’kidladi. Ushbu tog‘li mamlakatga birinchi marta kelganlar uchun tashrif buyurish kerak bo‘lgan joylar va maskanlar taqdimotda aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Tadbir ishtirokchilarining aksariyati birinchi marta ushbu shaharga kelganlari ma’lum bo‘ldi.

Xusnora Shodiyeva, bloger: 

– Uzbekistan Airways’ga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Menga hamma narsa yoqdi. Hozir Toshkentdan Batumiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz borligidan juda xursandman. Endi vatandoshlarimiz Batumidagi qora dengiz sohillarida ham dam olishlari mumkin. Men bu go‘zal tog‘li Batumiga yana va yana borish niyatim bor. 

Qobil Xidirov, “davletovuz” telegram-kanali:

– Men tez-tez Gruziya, Tbilisi va Batumiga sayohat qilaman. Ikki tomonning kelishuvi bilan tashkil etilgan birinchi media-tur – ikki mamlakatning sayyohlik manfaatlarining oshishi hisoblanadi. Ayniqsa, fuqarolarimizni Gruziya an’analari, qo‘shiqlari va oshxonasi bilan tanishtirish. Har bir inson ushbu kurort shaharga albatta tashrif buyurishlarini tilayman. Ushbu 3 kun juda tez o‘tdi. Ishonchim komilki, bu shaharga tashrif buyurgan har bir kishi bu yerga yana qaytib kelishni xohlaydi.

Eski Batumi, Ali va Nino haykali, Batumi botanika bog‘i, Qora dengiz bo‘ylab sayr qilish, Gonio qal’asi, Kamol Turmanidze etnografik muzeyi, Masunseti sharsharasi va boshqalar. Tadbir ishtirokchilari har bir sayyohlik maskaniga tashrif buyurib, Adjara shahri haqida ko‘p ma’lumotlarni bilib oldilar.   

Botanika bog‘i Batumining asosiy diqqatga sazovor joyidir, garchi u shaharning o‘zida bo‘lmasa ham. Batumi botanika bog‘i uzoq 1912-yilda qurilgan, ammo u hali ham dunyodagi eng yaxshi va eng katta bog‘lardan biri hisoblanadi.

Bog‘da 21 ta hududiy zonada joylashgan ko‘plab mamlakatlardan 5 mingdan ortiq noyob o‘simliklar to‘plangan. Ularni to‘liq aylanib va ushbu tabiat ajoyiborlardan zavqlanish uchun bir soatdan ko‘proq vaqtni, hatto butun kunni ajratish kerak bo‘ladi. Jurnalistlar va blogerlar, shuningdek, boshqa mehmonlar ham ushbu bog‘ga tashrif buyurishgandan xursand bo‘lishdi.

Media-turning eng muhim voqealaridan biri – Xachapuri tayyorlash bo‘yicha mahorat darsi bo‘ldi. Ishtirokchilar taomni tayyorlashdi va keyin esa o‘zlari ushbu mazali taomni tatib ko‘rishdi.

Azamat Murodov, “burgutuzb” telegram-kanali administratori:

– Men Gruziyada birinchi marta bo‘lishim. Batumi haqida do‘stlarimdan ko‘p eshitganman. Lekin bu juda ham chiroyli shahar ekanligini tasavvur qilmagan edim Juda ajoyib! Men allaqachon tog‘larni, bog‘larni, ko‘chalarni, Batumining Qora dengizini sog‘indim. Tashkilotchilarga rahmat. Umid qilamanki, barcha o‘zbekistonliklar Batumi kabi Gruziyaning barcha shaharlariga tashrif buyurib, dam olish uchun yangi shaharni kashf etadilar.

Ta’kidlash kerakki, Batumiga kelish uchun faqat chet elga chiqish pasporti bo‘lsa yetarli. 2022- yil 15-iyundan Gruziya mamlakatga kirishda COVID-19 bo‘yicha barcha cheklovlarni bekor qildi. Va bu ayniqsa rejalashtirilmagan ta’tilda juda katta imkoniyat hisoblanadi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Sankt-Peterburg, Boku va Olmaotaga bunday media-turlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

PDF-ni yuklab oling