Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Bayram tabrigi

2025 8 Mart
Ulashing

Aziz ayollar!

Tabiatning uyg‘onishi va yangilanishining go‘zal davri bo‘lgan bu uzoq kutilgan bahor kunlarida barcha ayollarni 8-Mart bayrami bilan samimiy tabriklash menga katta mamnuniyat baxsh etadi.

Hayotimizda biz keng nishonlaydigan yorqin bayramlar juda ko‘p va ularning orasida 8-Martning o‘ziga xos o‘rni bor. Bu bayram yuraklarni go‘zallik va quvonch hissi bilan to‘ldirib, biz uchun eng samimiy, eng yuksak so‘zlarni aytish, sizga bo‘lgan chuqur hurmatimizni, muhabbat va sadoqat tuyg‘ularimizni izhor etish uchun yana bir imkoniyatdir.

Shubhasizki, tabiat ayollarga tengsiz go‘zallik va cheksiz energiya, mehr, hayotiy donolik va ajoyib sabr-toqat bergan. Sizlar har doim oilalarda tinchlik, hamjihatlik va o‘zaro hurmat muhitini saqlab qolishda eng ishonchli tayanch bo‘lgansiz. 

Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini taʼminlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayollarga bo‘lgan bunday ehtirom, har tomonlama eʼtibor va g‘amxo‘rlik yangi, yanada chuqurroq mazmun bilan boyitildi. 

Siz bizning hayotimizni yorug‘lik, mehribonlik va sevgi bilan to‘ldirib, oila qo‘rg‘onini saqlaysiz. Dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirishga qodir kuchingiz va matonatingiz, muvaffaqiyatlaringiz va fidokorona mehnatingiz uchun sizlardan minnatdormiz.

Barcha orzu-umidlaringiz ro‘yobga chiqishini, ezgu tilaklaringiz amalga oshishini tilayman! Sizlarni hech qachon omad, go‘zallik va muhabbat tark etmasin, xonadonlaringizda tinchlik, to‘kin-sochinlik bo‘lsin, xotirjamlik va farovonlik esa hamisha hukmronlik qilsin!  

PDF-ni yuklab oling