Uzbekistan Airways xodimlari O‘zbekiston Konstitutsiyasi yangi tahriri bo‘yicha referendumda ovoz berishda faol ishtirok etmoqda.
Bugungi kunda xorijda bo ‘lib turgan havo kemalari ekipajlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining elchixona va konsulliklarida ochilgan sayyor uchastkalarda ham ovoz berishda ishtirok etmoqda. Shu bilan birga, “Uzbekistan Airways” AJ vakillarining xorijdagi ishchi komissiyalari tarkibida faol ishtirok etishi va ularning diplomatik vakolatxonalar bilan yaqin hamkorligini ta’kidlash lozim.