Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Boeing 757 havo kemasi to‘g‘risida rasmiy xabar

2022 18 Noyabr
Ulashing

Joriy yilning 17-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Boeing 757 havo kemasining videotasviri e’lon qilindi, unda bloger go‘yoki havo kemasining dum qismi shikastlanganiga (ezilish) e’tibor qaratgani tarqaldi.

 

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

Barcha rusumdagi havo kemalarida fyuzelyajning dum qismi gorizontal stabilizatorni o‘rnatish sohasida qoplamaning qayrilgan qismiga ega. Stabilizatorning burchagi o‘zgartirilganda namlikdan, yot jismlardan bo‘shliqlarni berkitish va aerodinamik profilni tiklash uchun pastdan va yuqoridan stabilizatorning ildiz qismiga fartuk biriktiriladi. Stabilizatorning burchagi o‘zgartirilganda, fartuk ham stabilizator bilan fyuzelaj qoplamasining burchak qayrilgan yuzasi bo‘ylab harakatlanadi. Bu qismda hech qanday shikastlanish mavjud emas edi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi uchun eng muhimi yo‘lovchilar xavfsizligi ekanligini eslatib o‘tamiz. Agar havo kemasida biron-bir shikastlanish va texnik nosozliklar yuzaga kelsa, aviakompaniya barcha aniqlangan texnik nosozliklarni tezda bartaraf etadi.

Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar!

Yo‘lovchilar va fuqarolar xavfsizligiga oid ishonchsiz va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlik belgilanganligini eslatib o‘tamiz.

 

PDF-ni yuklab oling