Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Bu yil kuzda dam olish uchun qayerga sayohat qilish mumkin?

2022 13 Sentabr
Ulashing

Kuz – bu quyoshning so‘nggi nurlaridan zavqlanish imkoniyati hali ham mavjud bo‘lgan vaqt. Yozda ta’tilga chiqishga vaqtingiz bo‘lmagan bo‘lsa, tushkunlikka tushmang – Uzbekistan Airways sizga yangi yo‘nalishlar haqida ma’lumot beradi va shu yilning kuzida qaysi davlatga sayohatga borish mumkinligini haqida ma’lumot beradi.

Italiya

Avgust oyidan Uzbekistan Airways yo‘lovchilari uchun yangi yo‘nalish ochilib, 13-avgustdan boshlab har juma kuni Urganch-Milan-Toshkent yo‘nalishida parvozlar amalga oshirila boshlandi. Yo‘lovchilar Italiyadagi ta’tillarini eng ajoyib shaharlardan birida o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.

Fransiya

Uzbekistan Airways shu yilning kuzida Toshkentdan Parijga parvozlarni davom ettiradi va endi yo‘lovchilar har juma kuni Yevropaning eng romantik shahri, muhtasham me’moriy yodgorliklarga ega ochiq osmon ostidagi muzey va abadiy sevgi shahri – Parijga sayohat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Yaponiya

18-avgustdan boshlab Tokio Uzbekistan Airways yo‘lovchilari uchun yangi manzilga aylandi va shu yilning kuzida sayohat qilish uchun xavfsiz tarzda tanlanishi mumkin. Kunchiqar mamlakatiga ta’til yoki qisqa sayohat qilishni xohlovchilar payshanba kunlari Toshkentdan Tokioga borib, sharq madaniyati va mahalliy an’analar muhitiga sho‘ng‘ib ketishlari mumkin.

Malayziya

Oʻzbekistondan Malayziyaga toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarning qayta tiklanganishi aviakompaniya yo‘lovchilari uchun xushxabar bo‘ldi. Kuala-Lumpur bu yil kuzda yana sayohatchilar borish uchun qulay manzilga aylanadi. Malayziya yilning istalgan vaqtida dam olish uchun ajoyib tanlov, chunki issiq iqlimli, dengiz bo‘yidagi bu tropik mamlakat haqiqiy jannatdir.

Tailand

Tez orada Bangkokka to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlar sizlarni xursand qiladi. Joriy yilning kuzidayoq siz Uzbekistan Airways bilan Tailandga sayohat qilishingiz va shovqinli shahardan uzoqda, orollardan birining qumli qirg‘og‘ida issiq yoz va ajoyib dam olish muhitiga sho‘ng‘ishingiz mumkin bo‘ladi.

Hozirda mavjud bo‘lgan yo‘nalishlar uchun aviachiptalarni aviakompaniyaning www.uzairways.com sayti yoki «UzAirways» mobil ilovasida xarid qilishingiz mumkin.

PDF-ni yuklab oling