Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Buxoroda birinchi Uzbekistan Airways sayyor seminari bo‘lib o‘tdi

2024 6 May
Ulashing

Uzbekistan Airways O‘zbekiston Respublikasi aeroportlaridan va xorijdan amalga oshirilayotgan aviaqatnovlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich ishlarni davom ettirmoqda. Tarkibiy bo‘linmalarning samarali hamkorligi va aviaqatnovlarga xizmat ko‘rsatish vaqtida yuzaga keladigan masalalarni tezkor hal etish maqsadida aviakompaniya rahbariyatining muntazam sayyor seminarlarini o‘tkazish amaliyoti qayta tiklandi.

Foto1

Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan seminarda “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruvi raisi, departamentlar, boshqarmalar va xizmatlar rahbarlari, milliy aviatashuvchining tarkibiy bo‘linmalari direktorlari va viloyatlardagi aviakompaniya vakillari ishtirok etdi.

Foto3

Ushbu uchrashuv doirasida yerdagi xizmat ko‘rsatish sifati standartlarini oshirish, “Haj-2024” dasturini amalga oshirishda bo‘linmalarning o‘zaro hamkorligini tashkil etish, yo‘lovchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish va parvozlar xavfsizligini yuqori darajada ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Foto4

Tadbir ishtirokchilari tomonidan bunday seminarlarni muntazam ravishda o‘tkazish rahbarlarga bir-biri bilan yanada samarali muloqot qilish, aviakompaniyani rivojlantirish rejalarini birgalikda muhokama qilish, tajriba almashish va bir-birlariga ishlab chiqarish masalalarini tezda hal qilishda yordam berish imkonini taqdim etishi ta’kidlandi.

Foto5

 

PDF-ni yuklab oling