Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Chegirmalar bilan sizni xursand qilishda davom etamiz

2025 22 Yanvar
Ulashing

23-yanvar kuni "Yorqin payshanba" aksiyasi doirasida Toshkentdan Olmaota, Bishkek, Milan, Moskva, Mumbay, Parij va ortga qaytuvchi aviaqatnovlar tariflariga 20% gacha chegirma e’lon qilamiz.

Aksiya faqat bir kun - 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi. Aviachiptalarni www.uzairways.com saytidan, ilovadan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin. Yo‘lovchi va yuk tashish tarifiga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yig‘imlar va qo‘shimcha to‘lovlar belgilanadi, ularga 20% gacha chegirma qo‘llanilmaydi.

Aksiya shartlari:

Aksiya muddati: 2025-yil 23-yanvar soat 00:00 dan 23:59 gacha.

  1. Chegirma faqat Uzbekistan Airways aviakompaniyasining o‘z reyslari uchun amal qiladi. Bu chegirma «Uzbekistan Helicopters» (HY1001-1100) va «Silk Avia» reyslariga tatbiq etilmaydi.
  2. Taqdim etiladigan chegirma miqdori: 
    • kattalar uchun tarifdan – 20% gacha;
    • 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda – 20% gacha;
    • chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi; 
  3. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi;
  4. Ilgari sotib olingan aviachiptalar 16.01.2025da qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;
  5. Chegirma bilan qisman foydalanilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, qayta hisob-kitob aviachipta chiqarilgan sanada (ya’ni chegirma qo‘llanilgan holda) amalga oshiriladi;
  6. Aviatashuv muddati cheklanmagan (aviatashuvning amal qilish muddati qo‘llanilgan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviachiptalarni e’lon qilingan berilgan jadval asosida rasmiylashtirishga ruxsat beriladi);
  7. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi;
  8. Chegirma e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflari uchun faqat Toshkentdan Olmaota, Bishkek, Milan, Moskva, Mumbay, Parij va ortga qaytuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlar uchun taqdim etiladi. CodeShare aviaqatnovlarida va Tijorat shartnomalari (SPA) ostida e’lon qilingan tariflar uchun amal qilmaydi.
PDF-ni yuklab oling