2022-yil 1-martdan boshlab barcha yo‘lovchilar (12 yoshdan boshlab) uchun Latviyaga kirish tartibi keskin o‘zgaradi.
1-martdan talab etilmaydi:
- Latviyaga kirish uchun sabab (ish, oilani birlashtirish, davolanish va h.k.);
- covidpass.lv shaklini to‘ldirish;
- 2022-yil 16-fevraldan oʻzini-oʻzi izolyatsiya qilish bekor qilindi.
Latviyaga kirish uchun yo‘lovchilar:
- emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikat yoki oʻtkazilgan kasallik haqida guvohnoma taqdim etishlari kerak bo’ladi. Shu bilan birga, sertifikat Yevropa Ittifoqi hududida tan olinishi kerak. Hozirda ushbu roʻyxatda 33 ta davlat (yoki hudud) mavjud: https://ec.europa.eu/info/live-work-travel-eu/coronavirus-response/safe-covid-19-vaccines-europeans/eu-digital-covid-certificate_en. Aks holda, Covid-19’ga topshirilgan testning – tezkor antigen testlari (amal qilish muddati 48 soat) yoki PZR-testini (amal qilish muddati 72 soat) salbiy natijasini taqdim etilishi kerak.
Hujjatlar ingliz tilida qog‘oz yoki elektron shaklda (smartfonda) bo‘lishi kerak.
Riga shahri aeroportiga yetib kelgandan so‘ng, har bir yo’lovchi ixtiyoriy ravishda davlat tomonidan to‘lanadigan koronavirus testini topshirish imkoniyatiga ega.